293
15.5. Quduq tubi jihozlari
Gaz quduqlarining tuzilishi neft quduqlarining tuzilishiga o‘xshash bo‘lib,
faqat gaz quduqlariga germetik jihatdan alohida e‗tibor bilan nazarda ish yuritish
kerak.
Gaz quduqlari uskunalari – yer ostida va yer ustki
qismida ham joylashishi
mumkin bo‘lib, yer ustida favvoraviy armaturalar o‘rnatilib, ularning turi qatlam
bosimi, harorati,
gaz tarkibi, kollektorlardagi tog‘ jinslari tarkibi, agressiv
komponentlarga qarab tanlanadi. Quduq ichiga komplekslashgan quduq moslamalari
(KSO) tushiriladi.
Komplekslashgan quduq moslamalari quduqlarning
avtomatik ravishda
yopilishini ( gaz mahsuli oshib ketganda, avariya holatlarida,
yer ustki quduq
moslamalarida profilaktik va germetik zichlash ishlari olib borilganda) qo‘llaniladi.
Komplektda paker, ajratuvchi to‘sqich, aylanma to‘sqich, ingibitor uchun
to‘sqich, qulflar, o‘tirg‘izish nipel i, teleskopik birlashmalar,
quduq kamerasi,
sozlovchi to‘sqichlar, qirquvchi to‘sqichlar mavjud.
Quduq moslamalarini sanoatda bir qancha turlari mavjud:
1. KPG-gazgarning yer ostki majmuasi; 2. KSG-gaz quduqlari majmuasi.
Gaz sanoatida KPG 89-35-145 kg turi keng qo‘llaniladi. KPG gaz va
gazkondensat konlaridagi normal va zanglash holatlarini
vujudga keltirish
sharoitlarida, KSG esa juda chuqur, ya‗ni gidrostatik va anomal bosim mavjud
bo‘lgan konlarda qo‘llaniladi.
Paker –
quduqdagi mustahkamlovchi, ishlatish quvurlarini zichlash uchun,
ya‗ni qatlamlar oralig‘ini ajratishda qo‘llaniladi.
Paker turlari: PD-YaG, 2PD-YaG, 3PD-YaG: 2,3-modeli, P-paker, D-
belgilovchi bosim, Ya-qo‘shimcha moslamalar, G-gidravlik bosim.
Do'stlaringiz bilan baham: