N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


-rasm.Qatlamlarni bir yo’la birgalikda ishlatish


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

 
16.7-rasm.Qatlamlarni bir yo’la birgalikda ishlatish. 


311 
Nazorat savollari. 
1.Qatlamlarni bir vaqtda bitta quduq orqali alohida ishlatish. 
2. Favvora – favvora sxemasi tushintiring. 
3. ShChN-favvora sxemasi tushintiring. 
4. ShChN-ShChN sxemasini tushintiring. 
5.Ikki qatlamni bir quduq orqali birgalikda ishlatish. 
16-bob bо‘yicha xulosalar 
Bu bo‘limda qatlamlarni alohida ishlatish uchun quduqlarni jihozlashning 
ayrim sxemalari, bir yo‘la alohida ishlatish yo‘llari haqida ma‘lumotlar kiritilgan.  
17- bob. Quduqlarda ta’mir ishlarini olib borish 
17.1.Yer osti ta’miri ishlarining umumiy tavsifi 
Har-xil sabablar bilan quduqning normal (muayyan) ishlashi buziladi, 
natijada neft qazib olish kamayadi yoki butunlay to‘xtaydi. Neft qazib olishning 
kamayishi yoki butunlay to‘xtashi er osti yoki usti jixozlari qismining buzilishi, 
ishchi agent yoki elektroenergiyasining uzatilishi vaqtincha to‘xtashi, quduq tubiga 
qum yoki suvning kelishi, parafinning qotib qolishi natijasida yuz beradi. Quduqning 
uzoq ishlamasdan turib qolishi quduqni ishlatish koeffisentiga ta‘sir ko‘rsatadi. 
Quduqning ishlatish koeffisenti quduq ishlagan kunlarining umumiy kunlar soni 
nisbatiga teng bo‘ladi. Ishlatish koeffisenti 0,95-0,96 ga teng bo‘lsa yaxshi 
hisoblanadi. Quduqda yer osti tomirini utkazish uchun tuxtalishi ishlatish 
koeffisentiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. 
Joriy yer osti ta‘mirlash ishlariga quyidagi ishlar kiradi: Chuqurlik nasoslari 
yoki uning qismlarini almashtirish, nasos shtangalarini uzilishi yoki yechilib ketishini 
bartaraf etish, nasosni yuvish, almashtirish, nasos-kompressor quvuri yoki shtanga 
tizmalariga qo‘shish yoki kamaytirish, quvurdagi sizishni bartaraf etish, qum yakorini 
tozalash, ishchi mufta va qo‘shuvchi moslamalarni tekshirish, qum tiqinini yuvish 
yoki tozalash, paker tushirish va almashtirish va boshqa bir qancha ishlar kiradi. Bu 


312 
ishlarni konda tashkil qilingan quduqni yer osti ta‘mirlash brigadasi tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Bir muncha qiyin bo‘lgan ishlar, avariyani bartaraf etish, suvni oqishini 
tuxtatish, qiyshaygan tizmalarni to‘girlash, mustahkam tiqinni burg‘ilash, qatlamni 
gidravlik yorish va boshqa bir qancha ishlar quduqni tubdan ta‘mirlash ishlariga 
kiradi. Bunday ishlarni neft konlari boshqarmasiga qarashli tubdan ta‘mirlash idorasi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Kondagi yer osti ta‘mirlash ishlari bo‘yicha tuzilgan brigada vaxta bilan 
ishlaydi. Bir vaxta tarkibiga uch kishi kiradi: nazoratchi va yordamchisi quduq 
atrofida ishlaydi, uchunchi kishi (traktorchi) shofyor kutaruvchi mexanizm ishlaydi. 
Ta‘mirlashga talluqli barcha ishlar ko‘taruvchi quvur (yoki shtanga) ni ko‘tarib-
tushirish bilan bog‘liq. Buning uchun har bir ta‘mirlash olib borilayotgan quduqda 
ko‘taruvchi inshoat va ko‘taruvchi moslamalar joylashtirilishi kerak. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling