N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Bir yo’la alohida ishlatish yo’llari


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

16.2.Bir yo’la alohida ishlatish yo’llari 
Mavjud ishlatish usullarini hisobga olgan holda nazariy jihatdan qo‘yidagi 
kombinasiyalarni qo‘llash mumkin.
1. 
favvora-favvora 
2. 
favvora-kopressor ko‘targich. 
3. 
kopressor ko‘targich- favvora. 
4. 
nasos-favvora. 
5. 
favvora- nasos. 
6. 
kopressor ko‘targich-kopressor ko‘targich. 
7. 
nasos-kopressor ko‘targich. 
8. 
kopressor ko‘targich-nasos. 
9. 
nasos-nasos. 
16.4-rasmda ikki qatlamni favvora-favvora sxemasi bo‘yicha alohida 
ishlatishda qo‘llaniladigan quduq jixozlari keltirilgan. Quduqqa diametri 48-mm 
bo‘lgan ikkita quvur 2 paralel tushirilgan. Bir qator quvur uchida paker 1 
o‘rnatilgan.pastki qatlamni ishlatuvchi quvurga sharikli ishga qo‘shuvchi klapan 3 
o‘rnatilgan. Yuqori qatlamni ishlatuvchi quvurga uchta ishga qo‘shuvchi mufta 4 
o‘rnatilgan. Quduq usti jixozi o‘zgartma quvurga 5 va ikki qatorli salnik 6 ni 
planshayba, unga quvurlar osilgan bo‘ladi. 


308 
16.4-rasm.
Favvora-favvora tarxi 
bo‘yicha ikki qatlamni 
alohida ishlatish uchun 
qo‘llaniladigan quduq jixozi. 
16.5- rasm.
Chuqurlik nasosi va 
favvora usulida ikki 
qatlamni alohida ishlatish 
uchun qo‘llaniladigan 
quduq jixozi. 
16.6-rasm. Ikkita 
chuqurlik nasosi bilan 
ikki qatlamni ishlatish 
uchun qo‘llaniladigan 
quduq jixozi. 
Har ikkala qatlam bir vaqtda yoki ketma-ket o‘zlashtirilishi mumkin. Har-bir 
qatlamdan olinayotgan quduqlar mahsuloti uchlik 7 orqali guruhiy qurilmalarga 
uzatiladi. 
16.5-rasmda ikki qatlamni chuqurlik nasosi va favvora usulida alohida 
ishlatilayotganda qo‘llaniladigan quduqlar jixozi ko‘rsatilgan bo‘lib, unda quduqqa 
ikkita quvur 2 parallel qilib tushiriladi. Pastki qatlam nasos usulida, yuqori qatlam 
favvora usulida ishlatiladi. 
Nasos quvuri pastki qismiga paker 1 o‘rnatilgan va undan yuqoriga, 
chuqurlik nasosi tagiga qulfli tayanch o‘rnatiladi. Favvora quvuri sharikli ishga 


309 
qo‘shuvchi klapan 4 bilan jixozlangan bo‘ladi. Quduq usti jixozlari esa o‘zgartma 5 
va ikki qator salnikli 6 planshayba, unga quvurlar osilgan bo‘ladi. Yuqori qatlam 
uchun salnikdan keyin favvora armaturasi o‘rnatiladi. Pastki qatlam uchun samovar-
sal‘nik o‘rnatiladi. Parafinli neft quduqlarini ishlatishda, parafinning qotib qolishini 
oldini olish uchun kichik o‘lchamli shtanga aylantiruvchi 8 o‘rnatiladi. 
Ikki qatlamni chuqurlik nasosi bilan alohida ishlatish uchun tuzulishli jixozlar 
qo‘llaniladi. Shu jumladan shtangali quvur nasosi eng birinchi qo‘llanilgan 
konstruksiyalaridandir. Bunday qurilmaning sxemasi 16.6-rasmda keltirilgan. Bu 
qurilmada pastki nasos sifatida suqma chuqurlik nasosi 5 dan foydalanilgan. Yuqori 
nasos sifatida halqali so‘ruvchi klapan 8 bilan farqlanadigan qayta tayyorlangan 
standart nasosdan foydalanilgandir. U beshta klapandan tashkil topgan bo‘lib, 
markazda emas, aylana bo‘ylab joylashtirilgandir. Pastki nasos diametri 73 mm li 
quvur 7 da tushirilgan bo‘lib, pastki qismida paker 6 va mustahkamlovchi quvurlar 
tizmasi 4 ulangan bo‘ladi. Yuqoridagi nasos diametri 48 mm li quvur 2 va shtanga 1 
da tushirilgan. Bunday qurilmada plunjerning yuqoriga haraktlanishida pastki nasos 
bilan pastki gorizontdan suyuqlik so‘rib olinadi. Yuqori nasos bilan yuqoridagi 
gorizontdan olinayotgan suyuqlik bilan pastki nasosdan kelayotgan suyuqlikni 
birvaqtda so‘rib oladi. Ikkala gorizont suyuqligi yuqori nasos silindrida aralashadi. 
Yuqoridagi nasos diametrini har ikkala gorizont mahsulotini qazib olish uchun 
mo‘ljallab tanlanadi. 
AQShlarida alohida qazib olish usullari keng qo‘llaniladi, ayniqsa ikki, uch, 
to‘rt, hatto besh qatlamni favvora usulida alohida ishlatish usullaridan foydalaniladi. 
Quvurlarni parallel tushirish eng ko‘p tarqalgan usullardan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Bir quduq orqali bir necha qatlamga alohida suv haydash ko‘plab vositalarni 
iqtisod qilishga imkon beradi. Har-bir qatlamga haydalayotgan suvlarni tartiblash 
quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi. 
Birinchi usulda har-xil o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan qatlamlarni pakerlar 
bilan ajratilgandan keyin, alohida oqim bilan yaxshi o‘tkazuvchan qatlamga 
kichikroq bosim bilan, yomon o‘tkazuvchan qatlamga kattaroq bosim bilan suv 
haydaladi. 


310 
Ikkinchi usulda qatlamlar yuqoridagidek pakerlar bilan ajratilgan bo‘lib, suv 
bir kanal orqali haydaladi; quduqda ishchi agent alohida qatlamlarga almashinish 
shtuseri orqali amalga oshiriladi. Bu holda quduq ustida maksimal haydash bosimi 
ushlab turiladi. Suvni alohida haydash ishlari 1955- yildan o‘tkazish boshlandi. 
Bir necha qatlamlarni bir vaqtda bir quduqdan alohida ishlatish bilan 
birgalikda, birnecha qatlamlarni bir vaqtda bir quduqdan birgalikda ishlatish usullari 
ham mamjud. Quyidagi rasmda shtangali chuqurlik nasosi va markazdan qochma 
nasos bilan bir vaqtda ikki qatlamni bir quduq orqali birgalikda ishlatish sxemasi 
keltirilgan. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling