N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

GLOSSARIY 
Bufer bosim - quduqdan neft va gaz yoki suv otilib chiqayotganda uning yer 
yuzasi bilan kesishgan nuqtasidagi dinamik bosim.
Bosim gradienti -masofaning uzunlik birligiga (m, km) nisbatan olingan 
bosimining pasayishi.
Bosim depressiyasi - qatlam bosimi va quduq tubidagi bosim o‘rtasidagi 
farq.
Dinamik bosim-harakatdagi suyuqlik zarrachasining hajm birligidagi kinetik 
energiyasini ifodalovchi tushuncha.
Debit- quduqlar ma‘lum vaqt birligida chiqadigan suyuqlik yoki gaz hajmi. 
suyuqlik uchun debit sekundiga litr, kecha kunduzga litr yoki saotiga kub metrlarda 
o‘lchanadi.
Dinamik sath-yer osti suvlarni quduqdan chiqarilganda pasaygan yoki suvli 
qatlamga bosim bilan yuborilganda ko‘tarilgan yuza. U mutloq belgilar yoki qudug‘i 
og‘zidan shu yuzagacha bo‘lgan chuqurlik bilan aniqlanadi.
Darsi qonuni - g‘ovaksimon muhitda suyuqlik sizilish tezligining bosim 
gradientiga chiziqli bog‘liqligini ifodalovchi qonuni.
Elektr dvigatel - elektr energiyasini mexanik energiyada aylantiruvchi 
mashina. Tok turiga qarab u o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok dvigateliga bo‘linadi.
Ekspluatatsion (ishlatish) quvurlar birikmasi - neft va gaz qudug‘i 
devorini tashkil qiluvchi tzma  
Foydali ish koeffitsienti-biror texnik qurilmaning unda energiya uzatish 
jarayonlarini amalga oshirishning yoki energiyani bir turdan boshqa turga 
aylanishining takomillashganlik darajasini xarakterlaydigan o‘lchamsiz kattalik. 
Favvora armatura-favvoralanayotgan qudug‘i og‘ziga joylashtirilgan, 
yuqori bosimda germatik holatni, liftli quvur birikmasi ilmog‘ini, mahsulot oqimini 
o‘tkazgich quvurlarga yetkazib berishni, qatlamlarning bir, me‘yorda ishlashini 
ta‘minlaydigan moslama. Favvoral armatura moslamasi yuqori bosimga chidamli 
qilib yasaladi. shuning uchun bu moslama liftli quvurlardagi va quduqdan 
chiqayotgan mahsulotlardagi bosimlarni olchash va quduqni o‘zlashtirish jarayonida 
gazlarni chiqarish yoki yopishga imkon beradi. Bular yordamida favvora quduqlar 
nazorat qilinib tartibga solinadi, zarur paytda esa favvora berkitiladi.

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling