319
tushiriladi. Pechat orqali quduqqa yotgan narsani holati o‘rganilib, shunga qarab
tutuvchi instrument tanlanadi.
Quvurni tutish uchun qo‘llaniladigan asosiy instrument
bu- quvur tutqich
hisoblanadi. Ular ichki quvur tutgichlar yani tushgan quvur ichki qismidan tutish
uchun, tashqi quvur tutqichlar quvurini tashqi tomondan muftasidan tutish uchun
mo‘ljallangan bo‘ladi.Yuqori qismi singan yoki muftasi olinib ketgan nasos –
kompressor quvurini tutish uchun tutgich kalokollardan foydalaniladi.
Quduqni tugatish. Quduqni tugatish deganda
texnik yoki geologik
sabablarga ko‘ra quduqlarni burg‘ilash yoki ishlatish uchun yaroqsiz quduqlarni
tugatish tushiniladi.
Burg‘ilash ishlari tugallanmagan quyidagi quduqlar tugatiladi: 1) murakkab
avariyaga uchragan va avariyani bartaraf etish mumkin
emasligi texnik isbotlangan,
shu bilan birgalikda boshqa maqsadda, haydovchi yoki kuzatuvchi quduq sifatida
qo‘llash mumkin bo‘lmagan quduqni. 2) quduq
ochgan gorizontda neftgazga
to‘yingan qatlam yo‘ki quduqlarda.
Ishlovchi quduqlar quyidagi sabablarga ko‘ra tugatiladi: 1) avariyani bartaraf
etishning texnik imkoniyati yo‘q quduqlarni; 2) quduq mahsuloti chekka suvlar bilan
100% suvlangan va boshqa suvlanmagan qismga o‘tish imkoniyati yo‘q quduqlarni.
Do'stlaringiz bilan baham: