N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Quduqda yer osti ta’mir o‘tkazish


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

17.3.Quduqda yer osti ta’mir o‘tkazish 
Ayrim hollarda u yoki bu sabablarga ko‘ra quduqning normal ishlatilishi 
buziladi. Katta bosimlar farqi ta‘sirida mustahkamlovchi quvurlar tizmasi qisilishi 
yoki sinishi mumkin. Avaylamaslik natijasida quvur, jelonka va boshqa jixozlar 
uzilib ketadi. Quduqqa suv bostirib kirishi ta‘sirida maxsuldorligi tezda kamayadi va 
uni tiklash uchun u yoki bu ta‘mirlash ishlarini olib borishga to‘g‘ri keladi. 
Yer osti ta‘mirlash brigadasi bilan ta‘mirlash qiyin bo‘lgan quduqlarda 
ta‘mirlash ishlarini tubdan ta‘mirlash turiga kiritiladi. Tubdan ta‘mirlash ishlariga 
quyidagilar kiradi: 
a) yer osti jixozlari bilan hosil bo‘lgan katta avariyalarni bartaraf etish; singan 
va qiyshaygan tizmani to‘girlash; mustahkam qum tiqinlarini yuvish va burg‘ilash; 
b) quduq tubi atrofi tog‘ jinslarini sement, qum, smola va boshqalar bilan 
mustahkamlash; 
v) yuqori va pastki suvlarni to‘xtatish, boshqa gorizontga o‘tish. 
g) mahsuldorligini oshirish uchun quduq tubi atrofiga ta‘sir etish bilan bog‘liq 
ishlar: tuz kislotali ishlov berish, gidravlik yorish va boshqalar
d) ikkinchi stvolni burg‘ilash. 
Sanab o‘tilgan ishlar barcha jixoz va instrumentlarga ega bo‘lgan brigadasi 
bo‘lgan tubdan ta‘mirlash idoralari tomonidan bajariladi. Tubdan ta‘mirlash idorasida 
konlarda ko‘p o‘tkaziladigan ta‘mirlash turlariga qarab alohida sexga ega bo‘ladi. 
Masalan: tuz kislotali ishlov berish keng qo‘llanilganligi uchun bu idora 
tarkibida tuz kislotali ishlov berish sexi mavjud. 
Tubdan ta‘mirlash brigadasi ko‘tarib tushirish jarayonini «Бакинес», A - 40 
va A - 50 kabi harakatlanuvchi ko‘taruvchi inshoatlar bilan amalga oshiriladi. 
Murakkab ishlar uchun burg‘ilash jarayonida qo‘llaniladigan minoradan va ishlatish 
minoralarini kuchaytirilgan variantidan foydalaniladi. 
Sementlash ishlari yaxshi bo‘lmaganligi yoki mustahkamlovchi quvurlar 
tizmasi zararlangan holda (sinish, yorilish, rezbali brikmadan suyuqlik o‘tkazishi) 
quduqqa suvlar kirishi kuzatiladi. Birgina sementlash natijasida suv bosgan quduqni 
suvlanganligini kamaytirish qiyin. Ayrim hollarda zararlangan mustahkamlovchi 


318 
quvurlar tizmasini ta‘mirlash talab qilinadi. Tizma sonini to‘girlovchi burg‘i bilan 
to‘girlanadi. Agar to‘girlash imkoni bo‘lmasa, zararlangan joy frezerlanadi. Ayrim 
hollarda singan joydan yuqoridagi quvurlar quduqdan chiqarib olinadi va yangi tizma 
pastga yo‘naltiruvchi voronka o‘rnatilib quduqqa tushirilib qolgan qismi ulanadi. 
Tubdan ta‘mirlash brigadasi faqatgina tizma defektlarini to‘girlabgina 
qolmay, balki qum tiqiniga o‘tirib qolgan quvurni chiqarishdek murakkab ishlarni 
ham bajaradi. 
Quduqqa qatlam ostki yoki suvlarining bostirib kirishi ta‘sirida quduq 
mahsuldorligi tezda kamayadi. 
Suvning tavsifi va quduqning boshqa shartlariga qarab suvni to‘xtatish ishlari 
o‘tkaziladi. Quduqlarni tubdan ta‘mirlashga yuqori gorizontga o‘tish keng 
qo‘llaniladigan ishlardan hisoblanadi. Bunda quduqni suv bosgan bo‘lsa, quduq 
tubiga tushgan boshqa narsalarni olish imkoni bo‘lmasa, quduqning bu qismi sement 
bilan to‘ldirilib, yuqoriroqdan teshish orqali davom ettirish mumkin bo‘ladi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling