N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bosqich
- Uchinchi bosqich
15.8.Gaz qazibchiqarish Gaz konlarini qazib chiqarishni ba‘zi mutaxassislar uch davrga, ba‘zilari esa to‘rt davrga bo‘ladilar. Birinchi holatda oxirgi uchinchi va to‘rtinchi bosqichlar qo‘shib yuboriladi. Fikrimizcha bunda ham neft konlarida qilingandek to‘rt bosqichga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Birinchi bosqich - birinchi galdagi quduqlarni qazish va gaz olishni oshirish zarur. Ikkinchi bosqich - anchagina barqaror gaz olishni zarur bo‘lib, bunday holatga ba‘zan qo‘shimcha quduqlar qazish evaziga erishiladi, Bu davrning uchinchi davr bilan chegarasini aniqlash mushkul, shuning uchun gaz olish 10% kamaygan vaqtni uchinchi davrga o‘tish vaqti deb qabul qilishadi. Uchinchi bosqich - bu vaqtda gaz olishninig jadal kamayishi kuzatiladi. To’rtinchi bosqich - juda kam miqdorda gaz olinadi va uni qazib chiqarish to‘xtatiladi. Gaz konlarini qazib chiqarish tajribasini umumlashtirgan A.L.Kozlov, P.G.Shmiglya va boshqa ko‘plab tadqiqotchilarning ma‘lumotlariga qaraganda zaxira 3 mlrd.m 3 gacha bo‘lgan konlarni qazib chiqarishni va ularning bosqichlarini belgilash juda katta o‘zgaruvchanlikka ega ekan, Konlarning kattaligi ortishi bilan bu o‘zgaruvchanlikning chegarasi kamayadi. Bunga sabab asosan katta konlar mahsulotini ishlatish uni uzoq masofalarga uzatish va katta ob‘ektlarni ta‘minlash bilan bog‘langanlikdir. Gaz bilan ta‘minlashning asosiy vazifasi ikkinchi bosqichning muddatini uzaytirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. 3 mlrd.m 3 gacha zaxiraga ega bo‘lgan konlarda birinchi bosqichning davomiyligi ba‘zan bir yilga ham etmaydi, ba‘zan esa u 10 yildan ham ortib ketadi. 20-50 mlrd.m 3 zaxiraga ega bo‘lgan ob‘ektlarda uning uzunligi 2-10 yilni tashkil etadi, undan kattaroq konlarda esa muddat 4-8 yilni tashkil etadi. Ikkinchi bosqichning muddati 50 mlrd.m 5 gacha bo‘lgan konlarda 10 yilgacha, undan kattaroq konlarda esa 4-10 yilni tashakil etadi. 3 mlrd.m 3 zaxiraga ega bo‘lgan 302 konlardagi yillik gaz olish zaxiraning 5-40% ni tashkil etsa, 3-50 mlrd.m 3 zaxiraga ega konlarda 5-13% ni, undan kattalarida esa 5-8% ni tashkil etadi. Ikkinchi bosqichning oxirida, ya‘ni gaz olish keskin pasayishi davriga kelib qatlamdagi gazning 40-70% miqdori olingan bo‘ladi. Barcha yirik konlarni qazib chiqarishning asosiy muddati davrida balans zaxira, 60-70% miqdori olib bo‘linadi, bu hol neft konlarini qazib chiqarishdan ancha farq qilishligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, gaz konlarida ikkinchi bosqichning oxirida gaz beruvchanlik ancha yuqori ko‘rsatkichga etgan bo‘ladi. Uchinchi bosqich davomida gaz konlaridan 20-30% gaz zaxiralari olinadi. Bu davrga kelib gaz quduqlarining soni gaz rejimida ishlayotgan bo‘lsa kamaymaydi, lekin suv siquvi rejimida ishlayotgan bo‘lsa ba‘zi qudukdar suv bosganligi tufayli to‘xtatilgan va ishlatish fondidan chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Uchinchi bosqichning muddati avvalgi ikkinchi bosqich bilan bog‘langan va shunga qarab belgilanadi. To‘rtinchi bosqichda gaz olish uning iqtisodiy foyda ko‘rsatkichi to‘g‘ri kelganga qadar davom etib, uning muddati ham undan avvalgi uchala bosqichlar vaqti va qolgan gaz miqdoriga qarab davom etadi. Gazkondensat konlarini qazib chiqarish va ishlatish jarayonlari ham xuddi gaz konlaridek kechadi. Agar ularni qazib chiqarishda "saykling jarayon" qo‘llanadigan bo‘lsa, bunda ahvol boshqacharoq bo‘lib, albatta ularni qazib chiqarish muddati va mahsulot olish masalasi boshqacha hisob-kitobga muntazir. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling