N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Quduqlarni ishlatishning texnоlоgik rejimi (QITR)


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Quduqlarni ishlatishning texnоlоgik rejimi (QITR) quyidagi tabiiy 
faktorlarga bog‘liq: 
1. Konning ko‘lami, formasiga; 
2. Konning ishlash rejimiga; 
3. Ishlatish ob‗ektlari soniga; 
4. Gaz va kondensat zaxiralariga; 
5. Gaz konining chuqurligiga; 
6. Qatlamlararo gidrodinamik aloqaning bor-yo‘qligiga; 
7. Doimiy muzliklarning bor-yo‘qligiga; 
8. Quduqni ochish xarakteriga; 
9. Geofizik va metereologik sharoitlarga; 
10. Quduqning mukammalligiga; 
11. Qatlam osti va qatlam cheti suvlarining mavjudligiga; 
12. Qatlamning kollektorlik xususiyatlariga; 
13. Qatlamning kollektorlik xususiyatlarining bir xilligiga; 
14. Qatlam bosimi va haroratiga; 


298 
15. Gazning tarkibiga; 
16. Gaz tarkibida kondensatning mavjudligiga; 
17. Suv va kondensatning fizik-kimyoviy xossalariga; 
18. Quduq usti jihozlariga; 
19. Gazni yig‘ish va jo‘natish sxemasiga; 
20. Gazni tayyorlash sxemasiga; 
21. Gazni ishlatish talablariga. 
Quduqlarni ishlatishning texnоlоgik rejimi (QITR)ni tanlaguncha tabiiy 
faktorlardan kollektorlarning mexanik xossalarini, ularni buzilishini oldini olish 
hisobga olinadi. 
Agar quduq tubi atrofi qismi buzilsa 
const
P
P
P
t
q
qat




.
.
(15.1.) 
rejimida doimiy dipressiya ushlashga harakat qilinadi. 
Real qatlamlar uchun optimal rejim quyidagicha: 
.
.
2
t
q
R
r
P
Q
Q
c
dr
dP
s






(15.2.) 
Mukammal quduq uchun: 
;
ln
2
s
k
s
R
R
R
a


rc
b
2


(15.3.) 
Nomukammal quduq uchun: 
;
s
at
kF
P



2
*
s
at
at
F
P




(15.4.) 

s
F
filtratsiya yuzasi; а va в – sizishga qarshilik koeffitsientlari; R
k
– kontur 
radiusi; 

*

g‘ovaklik kanallarini hisobga oluvchi koeffitsient. 
Quduqlarni tadqiqot qilish natijalariga ko‘ra maksimal debit 
q
va kollektorning 
buzilishiga olib kelmaydigan minimal quduq tubi bosimi 
.
.t
q
P
aniqlanadi. 

va 

koeffitsientlar hisoblanadi. Aniqlangan 


,
,
,
q
P
q
(15.2.) tenglamaga qo‘yiladi va 
quduq devoridagi ruxsat etilgan bosim gradienti topiladi. 


299 
Quduqlarni ishlatishning texnologik rejimlari tabiiy faktorlarni va yer qatlamini 
himoya qilish talablarini hisobga olish bilan bog‘liq. Ba‗zi bir texnologik rejimlar gaz 
va gazkondensat konlarini ishlash strategiyasi talablariga ham javob beradi. Ya‗ni 
tabiiy gaz konlarini ishlashini boshqarish usullari (xuddi shuningdek quduqlarni 
ishlatishning texnologik rejimi) bir vaqtda kompressorsiz ishlash davrini uzaytirish, 
quduqlarning barvaqt suvlanishini oldini olish, SKS va sun‗iy sovuqlik beruvchi 
qurilmalarning kerakli quvvatini kamaytirish masalalarini hal etadi. Shu bilan birga 
quduqlarni ishlatishning texnologik rejimini asoslashda texnologik jihatdan aniq 
cheklanishlarni ham e‗tiborga olish kerak. Bular quyidagilar: 
1. Gazning drossellanish effekti natijasida quduq tubi zonasida gazning 
noizotermik sizishi yuzaga keladi. Kichik qatlam harorati sharoitida quduq tubi 
zonasida gidrat hosil bo‘lish xavfi tug‘iladi, buning oldini olish uchun qatlamga gidrat 
hosil bo‘lishini oldini oluvchi ingibitorlar (metanol) ni davriy ravishda haydab turish 
mumkin. Ikkinchi usuli – quduqlarni ishlatishning qatlamda gidratsiz dipressiyani 
ushlab turishli texnologik rejimi ( V.S.Smirnov). 
2. Shimoldagi gaz konlarida ba‗zi bir ishlatish rejimlarida quduq stvolida gidrat 
hosil bo‘lishi mumkin. Ishlatiladigan NKQlarning har bir diametri uchun debit 
diapazoni belgilangan bo‘ladi va unda gidrat hosil bo‘lmaydi. Kichik debitda 
gidratning hosil bo‘lishi atrofdagi tog‘ jinslari bilan issiqlik almashinishning ta‗siri 
natijasida bo‘ladi. Katta debitda gazning harorati Joul-Tomson effekti natijasida 
pasayadi. Shuning uchun Yu.P.Karataev, B.L.Krivoshein ilmiy ishlarida quduqlarni 
ishlatishning gidratsiz debitini hisoblash metodi keltirilgan. 
3. NKQ larida gazning ma‗lum bir harakati tezligida, agar tarkibida nordon gaz 
bo‘lsa, quvurlarning muftali birikmalarida korroziyali yemirilishlar kuzatiladi. NKQ 
lari uchun kerakli metallarni qo‘llash yuqoridagi salbiy ta‗sirlarni oldini oladi. Yoki 
NKQ da gazning harakat tezligini ruxsat etilganidan oshirmasdan texnologik rejimni 
ushlab turish kerak. 
4. Gaz va gazkondensat quduqlari tubida suyuqlik paydo bo‘lganda quduq tubida 
minimal darajada suyuqlik ajraladigan debitda quduqlarni ishlatish zarur. Aks holda 


300 
quduq tubidagi suyuqlikni chiqarib olish uchun plunjerli liftdan yoki SFM lardan 
foydalanish kerak bo‘ladi. 
Ilgari asosiy e‗tibor tabiiy va texnologik faktorlarga qaratilgan. Lekin ko‘p 
hollarda iqtisodiyot asosiy rolni o‘ynaydi. 
QITR – gaz konini ishlatish sistemasi va konni jihozlashning asosiy qismidir. 
Shuning uchun optimal quduqlarni ishlatishning texnologik rejimini asoslash konni 
optimal ishlash va jihozlash ko‘rsatkichlarini asoslashga olib keladi. 
Iqtisodiy tahlil va hisoblarning ahamiyatini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. 
Aytaylik, kollektor mustahkam va quduq xarakteristikasining aniq cheklanishi yo‘q 
bo‘lsin. Lekin bu yerda har qanday debit yoki dipressiya ratsional emas. Quduq debiti 
qancha katta bo‘lsa rejalashtirilgan gaz miqdorini qazib olish uchun kerakli quduqlar 
soni shuncha kam bo‘ladi. Quduq debitini qanchalik oshirilsa qatlamda 
dipressiyaning, shuningdek quduqda va gaz yig‘ish kollektorlarida bosim 
yo‘qotilishining oshishiga olib keladi. Quduqlar sonining kamayishi mahsuldor 
qatlamni notekis sizdirish darajasini oshiradi, bu esa umumiy dipressiya 
voronkasining chuqurroq hosil bo‘lishiga olib keladi. 
Natijada muddatidan oldin bosh va siquv kompressor stantsiyalarining ishga 
tushirilishini talab qiladi. Shuning uchun mustahkam kollektorli uyumni ishlatishda 
qatlamdagi ratsional dipressiyani tanlash uchun texnik-iqtisodiy hisob kitoblardan 
foydalaniladi. 
Gaz va gazkondensat quduqlarini ishlatishning texnologik rejimini asoslashda u 
yoki bu cheklanuvchi faktorlar va iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Bu juda 
kerak, lekin quduqlarni ishlatishning optimal texnologik rejimini asoslashda yetarli 
hisoblanmaydi. 
Gazni quduqlarga oqib kelishini yaxshilash usullari quduqlarning mahsulot 
berish imkoniyatini yanada oshiradi. 
Aytaylik, misol uchun ba‗zi bir konlarning kollektorlari 1 MPa dipressiyada 
buziladi. Bu dipressiyada gaz quduqlarini o‘zlashtirish va qatlamni ochish usullariga 
ko‘ra har xil debit olish mumkin. 


301 
Gazli muhitni perforatsiya qilish va qum suyuqlik oqimi bilan perforatsiya 
qilish quduqlarning mahsuldorlik xarakteristikasini oshirish usullari hisoblanadi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling