N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Tizim boshchasi - favvora armaturasini pastki qismida joylashgan bo‘lib, butun 
armatura shu tizim boshchasi ustiga quriladi, ya‗ni u armaturaga tayanch 
maydonchasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu tizim boshchasi konduktor va ishlash 
tizmasining yuqori qismini birlashtirish uchun xizmat qiladi va quvurlararo bo‘shliqni 
germetik mustahkamlaydi. 
Chuqur va yuqori bosimli quduqlar uchun quyidagi besh guruh tizim 
boshchalari ishlab chiqarilgan (mm da): 
1. GKK-600-273х168 GKK-600-299х168 
2. GKK-300-245х146 GKK-300-219х146 
3. GKK-125-273х168 GKK-200-273х168
4. GKK-125-245х146 GKK-125-219х146 
5. GKK-500-168х273х426 
1-guruh tizim boshchalari: GKK-600-273x168 va GKK-600-299x168 ( GKK-
golovka kolonnaya s klinovoy (podveskoy)) 600atm da sinab ko‘riladi va 300 atm 
bosimga mo‘ljallangan bo‘lib, ular ikkita tizmani: texnik (mos holda 273 mm va 299 
mm) va ishlatish (168 mm) tizmalarini birlashtirish maqsadida ishlab chiqariladi. 
2-guruh tizim boshchalari: GKK-300-245x146 va GKK-300-219x146 600 atm 
da sinab ko‘riladi va 300 atm ishchi bosimga mo‘ljallangan bo‘lib, ular mos holda 
245 va 219 mm li texnik tizma bilan birlashtiriladi. Shunday tizma boshchalari 
(245x1) 245, 273, 299 va 325 mm li tizmalarni ham birlashtirish maqsadida ishlab 
chiqariladi. 
3-guruh tizim boshchalari: GKK-125-273x168 va GKK-200-273x168 400 atm 
da sinab ko‘riladi va 200 atm ga mo‘ljallangan bo‘lib, ular 273 mm li texnik tizma 
bilan 168 mm li ishlatish tizmasini birlashtirish uchun xizmat qaladi. Shunday 
konstruktsiyali tizma boshchasi 168 mm li ishlatish tizmasini birlashtirish uchun
325, 229 va 245 mm li texnik tizmalarni birlashtirish uchun qo‘llaniladi. 
4-guruh tizim boshchalari GKK-125-245x146 va GKK-125-219x146 mm lar 
uchun 250 atm bosimda sinab ko‘riladi (245 mm) va 125 atm ishchi bosimga 


292 
mo‘ljallangan bo‘lib, 245 mm va 219 mm li texnik tizmani 146 mm li ishlatish 
kolonnasi bilan birlashtiradi. 
5-guruh tizim boshchalari chuqur quduqlar uchun (yuqori bosimli) shuningidek 
odatdagi sharoitda 114 mm li ishlatish tizmasi uchun, 125-300 atm bosimli ishlatish 
uchun chiqariladi. 
GKK-500-168x273x426 mm tizma boshchasi tizmali quduqlarni 426, 273, 168 
mm li tizmalarni birlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, 500atm ishchi bosimda , 1000 
atm da sinab ko‘riladi. 
Tizma boshchasining yerdan balandligi oshib ketmasligi uchun (200 mm gacha 
yo‘l qo‘yiladi) butun tizma boshchasiga shurf joylashtiriladi. 
Favvora armaturasi – bu favvora quduqlarining eng asosiy quduq usti qurilmasi 
bо‘lib hisoblanadi. Armatura yordamida qatlamni uyg‘otish va oqimni chaqirish
shtutserlarni tekshirish, quduqlarni ishlashdan tо‘xtatish, mahsulot olishni boshqarish 
kabi hamma ishlar amalga oshiriladi.

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling