N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Nazorat savollari. 
1.Gaz koni deb nimaga aytiladi? 
2.Gazkondensat koni deb nimaga aytiladi? 
3.Gaz va gazkondensat konlari qaysi belgilariga qarab tasniflanadi? 
4.Gaz quduqlari konstruksiyasi va jixozlari. 
5.Quduq usti jihozlari. 
6.Quduq tubi jihozlari. 
7.Pakerlar, turlari, tuzilishi va tasnifi. 
8.Gaz qudug‘i ishining texnologik rejimini o‘rnatish. 


304 
15-bob bо‘yicha xulosalar 
Bu bo‘limda gaz va gazkondensat konlari haqida umumiy ma‘lumot, gaz 
konini ishlatish xususiyatlari, gaz quduqlari konstruksiyasi va jixozlari, quduq usti 
jihozlari, quduq tubi jihozlari, pakerlar, turlari, tuzilishi va tasnifi, gaz qudug‘i 
ishining texnologik rejimini o‘rnatish bo‘yicha ma‘lumotlar berilgan. 
16- bob. Qatlamlarni bir quduq orqali bir vaqtda alohida ishlatish 
prinsiplari. 
16.1.Qatlamlarni alohida ishlatish uchun quduqlarni jihozlashning ayrim 
sxemalari. 
Neft konlarini ishlatish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jami asosiy harajatlarni 
yarmidan ko‘pi maydonni burg‘ilash va ishlatish uchun sarflanadi. Shunday ekan 
tavsifga (bosimi, o‘kazuvchanligi va boshqalar) ega bo‘lgan ko‘p gorizontni 
ishlashda –alohida quduqlar to‘rini burg‘ilashga to‘g‘ri keladi. Boshqacha aytganda 
bunday ko‘p qatlamli konlarni ishlatish uchun ko‘p sonli quduqlar qazishga to‘g‘ri 
keladi. 
Xarajatlarni kamaytirish maqsadida bir yo‘la alohida ishlatish usulidan 
foydalaniladi. Neftli maydon bir yoki bir necha quduqlar to‘ri bilan burg‘ilanib, bir 
quduq orqali bir necha maydon ochiladi. 
Bir yo‘la-alohida ishlatish usullaridan biri, bir guruh Baku injenerlari 1951- 
yilda taklif qilgan variantdir. Bu usulda bir quduqdan bir nechta bir-biridan ajralgan 
quvurlar orqali turli qatlamlarni bir vaqtda ishlatishdir. 


305 
16.1-rasmda ikki (b) va uch (a) qatorli quduqlar tuzilishi keltirilgan. 
Burg‘ilashdan oldin yer yuzasida 3m chuqurlikda shaxta qaziladi. Shaxta 
ishlatish quvurlari tizmasini tushirilgandan keyin ajratish uchun xizmat qiladi. 
Tizmani ajratish quduq ustini ma‘lum masofada saqlashni ta‘minlash, quduq usti 
jixozlarini montaj qilishni engillashtirish, ishlatish va yer osti ta‘mirini o‘tkazish 
uchun xizmat qiladi. Ajratilgandan keyin quduq usti markazlari orasidagi masofa ikki 
qatorli quduqlarda 0,8 m ni va uch qatorlida ikki tizma orasidagi masofa 0,8 m va bu 
ikkalasi bilan uchinchi tizma orasidagi masofa 0,6 m ni tashqil qiladi. 
Tizmalar diametri bo‘yicha eng ko‘p tarqalgan kombinasiyalar: 
1) ikki qatorli tuzilishda. 
a) har ikkala tizma 102 mm. 
b) bir tizma 102 mm, ikkinchisi 127mm. 
v) birinchi tizma 102 mm, ikkinchisi 152 mm. 
g) har ikkala tizma 152 mm. 
2) uch tizmani tuzilishi uchun. 
a) barcha uch tizma ham 102 mm. 
b) ikki tizma 102 mm, bitta tizma 127mm. 


306 
v) ikki tizma 102 mm, bitta tizma 152mm. 
Ko‘p qatorli quduqlar kompressor yoki nasos usulida ishlatiladi. Kompressor 
usulida ishlatishda quduq ustiga kichik o‘lchamli armatura o‘rnatiladi. Nasos usulida 
ishlatishda va xavfsiz xizmat ko‘rsatish, yer usti va yer osti ta‘mirlarini ikkinchi 
quduqni to‘xtatmasdan o‘tkazish uchun tebratma-dastgoh va quduq usti oralig‘iga 
oraliq mexanizmi tebratma-dastgoh davomi sifatida beton fundamentga olraliq bloki 
o‘rnatiladi. 
16.2-rasmda 5 t yuk ko‘tara oladigan oraliq bloki keltirilgan 
1-metall rama; 2-buriluvchi strela; 3-himoya kojuxi; 4va5- shkivlar; 6-rolik-
vtulkali zanjir; 7-kichik o‘lchamli salnik. 
Uning takribiy qismiga metall rama 1 buriluvchi strela 2 bilan. Rama va 
buruluvchi strelada ikkita shkiv 4 va 5 podshivnikda berkitilgan bo‘lib, ular 
yordamida tebratma-dastgoh orqali silliq shtokga o‘rnatilgan. 
Balansirli tebratma-dastgoh va oraliq bloklari joylashtirilgan sxema 16.3-
rasmda keltirilgan. 


307 
16.3- rasm: Ikki qatorli 
quduqda yer osti jixozlarini 
joylashish sxemasi.. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling