N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

 
15.8.Gaz qazibchiqarish 
Gaz konlarini qazib chiqarishni ba‘zi mutaxassislar uch davrga, ba‘zilari esa 
to‘rt davrga bo‘ladilar. Birinchi holatda oxirgi uchinchi va to‘rtinchi bosqichlar 
qo‘shib yuboriladi. Fikrimizcha bunda ham neft konlarida qilingandek to‘rt bosqichga 
bo‘lish maqsadga muvofiqdir. 
Birinchi bosqich - birinchi galdagi quduqlarni qazish va gaz olishni oshirish 
zarur. 
Ikkinchi bosqich - anchagina barqaror gaz olishni zarur bo‘lib, bunday holatga 
ba‘zan qo‘shimcha quduqlar qazish evaziga erishiladi, Bu davrning uchinchi davr 
bilan chegarasini aniqlash mushkul, shuning uchun gaz olish 10% kamaygan vaqtni 
uchinchi davrga o‘tish vaqti deb qabul qilishadi. 
Uchinchi bosqich - bu vaqtda gaz olishninig jadal kamayishi kuzatiladi. 
To’rtinchi bosqich - juda kam miqdorda gaz olinadi va uni qazib chiqarish 
to‘xtatiladi. Gaz konlarini qazib chiqarish tajribasini umumlashtirgan A.L.Kozlov, 
P.G.Shmiglya va boshqa ko‘plab tadqiqotchilarning ma‘lumotlariga qaraganda zaxira 
3 mlrd.m

gacha bo‘lgan konlarni qazib chiqarishni va ularning bosqichlarini 
belgilash juda katta o‘zgaruvchanlikka ega ekan, Konlarning kattaligi ortishi bilan bu 
o‘zgaruvchanlikning chegarasi kamayadi. Bunga sabab asosan katta konlar 
mahsulotini ishlatish uni uzoq masofalarga uzatish va katta ob‘ektlarni ta‘minlash 
bilan bog‘langanlikdir. Gaz bilan ta‘minlashning asosiy vazifasi ikkinchi bosqichning 
muddatini uzaytirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. 3 mlrd.m
3
gacha zaxiraga ega 
bo‘lgan konlarda birinchi bosqichning davomiyligi ba‘zan bir yilga ham etmaydi
ba‘zan esa u 10 yildan ham ortib ketadi. 20-50 mlrd.m
3
zaxiraga ega bo‘lgan 
ob‘ektlarda uning uzunligi 2-10 yilni tashkil etadi, undan kattaroq konlarda esa 
muddat 4-8 yilni tashkil etadi. 
Ikkinchi bosqichning muddati 50 mlrd.m
5
gacha bo‘lgan konlarda 10 yilgacha, 
undan kattaroq konlarda esa 4-10 yilni tashakil etadi. 3 mlrd.m
3
zaxiraga ega bo‘lgan 


302 
konlardagi yillik gaz olish zaxiraning 5-40% ni tashkil etsa, 3-50 mlrd.m
3
zaxiraga 
ega konlarda 5-13% ni, undan kattalarida esa 5-8% ni tashkil etadi. Ikkinchi 
bosqichning oxirida, ya‘ni gaz olish keskin pasayishi davriga kelib qatlamdagi 
gazning 40-70% miqdori olingan bo‘ladi. Barcha yirik konlarni qazib chiqarishning 
asosiy muddati davrida balans zaxira, 60-70% miqdori olib bo‘linadi, bu hol neft 
konlarini qazib chiqarishdan ancha farq qilishligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, gaz 
konlarida ikkinchi bosqichning oxirida gaz beruvchanlik ancha yuqori ko‘rsatkichga 
etgan bo‘ladi. 
Uchinchi
bosqich davomida gaz konlaridan 20-30% gaz zaxiralari olinadi. Bu 
davrga kelib gaz quduqlarining soni gaz rejimida ishlayotgan bo‘lsa kamaymaydi, 
lekin suv siquvi rejimida ishlayotgan bo‘lsa ba‘zi qudukdar suv bosganligi tufayli 
to‘xtatilgan va ishlatish fondidan chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Uchinchi bosqichning 
muddati avvalgi ikkinchi bosqich bilan bog‘langan va shunga qarab belgilanadi. 
To‘rtinchi bosqichda gaz olish uning iqtisodiy foyda ko‘rsatkichi to‘g‘ri 
kelganga qadar davom etib, uning muddati ham undan avvalgi uchala bosqichlar vaqti 
va qolgan gaz miqdoriga qarab davom etadi. 
Gazkondensat konlarini qazib chiqarish va ishlatish jarayonlari ham xuddi gaz 
konlaridek kechadi. Agar ularni qazib chiqarishda "saykling jarayon" qo‘llanadigan 
bo‘lsa, bunda ahvol boshqacharoq bo‘lib, albatta ularni qazib chiqarish muddati va 
mahsulot olish masalasi boshqacha hisob-kitobga muntazir. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling