N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Ishlatuvchi quvurlarda tutish ishlarini olib borish


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Ishlatuvchi quvurlarda tutish ishlarini olib borish.Tutish ishlari bir 
muncha ko‘proq mexnat talab qiluvchi ish. Sababsiz halokat sodir bo‘lmaydi. 
Quduqning ishlash rejimiga rioya qilmaslik va proflaktik tadbirlarni o‘z vaqtida 
o‘tkazmaslik avariya holatlarining sodir bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Avariyani bartaraf 
etish bilan kon yoki tubdan ta‘mirlash ishlari korxonalari shug‘ullanadi. Kon uncha 
murakkab bo‘lmagan ishlarni amalga oshiradi: nasos shtangasini, kanatni, jelonkani 
va ayrim hollarda quvurni tutish ishlarini amalga oshiradi. 
Tutuvchi instrumentlar tuzilishi va turi bo‘yicha turli xildir. Quvurni tutish 
uchun quvur tutgichlar, overshotlar, kolokol, metchiklar qo‘llaniladi; shtangani tutish 
uchun- shlislar, overshotlar, ilgaklar qo‘llaniladi; boshqa narsalarni tutish uchun- 
urochka, kryuchk, ershlar, shtroplar, magnit frezerlar va boshqalar qo‘llaniladi. 
Tutuvchi instrumentlar quduqqa burg‘ilash yoki nasos kompressor quvurlari 
bilan tushuriladi. Ayrim instrumentlar shtangani yoki chuqurlik nasosini tutish uchun 
nasos shtangalar yordamida tushiriladi. 
Quduqqa tutuvchi instrument tushirilishdan oldin, ishlatuvchi quvurlar 
tizmasini holatini va quduqqa qolgan narsaning joylashini bilish maqsadida pechat 


319 
tushiriladi. Pechat orqali quduqqa yotgan narsani holati o‘rganilib, shunga qarab 
tutuvchi instrument tanlanadi. 
Quvurni tutish uchun qo‘llaniladigan asosiy instrument bu- quvur tutqich 
hisoblanadi. Ular ichki quvur tutgichlar yani tushgan quvur ichki qismidan tutish 
uchun, tashqi quvur tutqichlar quvurini tashqi tomondan muftasidan tutish uchun 
mo‘ljallangan bo‘ladi.Yuqori qismi singan yoki muftasi olinib ketgan nasos – 
kompressor quvurini tutish uchun tutgich kalokollardan foydalaniladi. 
Quduqni tugatish. Quduqni tugatish deganda texnik yoki geologik 
sabablarga ko‘ra quduqlarni burg‘ilash yoki ishlatish uchun yaroqsiz quduqlarni 
tugatish tushiniladi. 
Burg‘ilash ishlari tugallanmagan quyidagi quduqlar tugatiladi: 1) murakkab 
avariyaga uchragan va avariyani bartaraf etish mumkin emasligi texnik isbotlangan
shu bilan birgalikda boshqa maqsadda, haydovchi yoki kuzatuvchi quduq sifatida 
qo‘llash mumkin bo‘lmagan quduqni. 2) quduq ochgan gorizontda neftgazga 
to‘yingan qatlam yo‘ki quduqlarda. 
Ishlovchi quduqlar quyidagi sabablarga ko‘ra tugatiladi: 1) avariyani bartaraf 
etishning texnik imkoniyati yo‘q quduqlarni; 2) quduq mahsuloti chekka suvlar bilan 
100% suvlangan va boshqa suvlanmagan qismga o‘tish imkoniyati yo‘q quduqlarni.

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling