316
Tal blok shkivlar soni bo‘yicha birdan to‘rttagacha shkivli qilib tayyorlanadi
17.4- rasimdan ko‘rinib turibdiki blok shkivlari umumiy o‘q 2 ga o‘rnatilgan. Har-bir
shkivga ikkitadan rolikli podshipnik 4 joylashtirilgan yuqori qismi ko‘prik (yuqori
sirg‘a 1), unga tal kanati uchi mahkamlanadi. Shekaning pastki qismiga ko‘taruvchi
kryuk bilan biriktirish uchun sirg‘a 6 osiladi. Yuk ko‘tarish qobilyati 10, 15, 25 ,50
va 75 tn bo‘lgan tal bloklar ishlab chiqiladi.
Quvur va shtangalarni ko’tarib tushirish uchun ishlatiladigan asosiy
instrumentlar
Quvurlar tizmasini mufta tagidan ushlab turish
uchun quvur elevatorlari
qo‘llaniladi. Ikki turdagi elevatorlar ishlab chiqarilgan: ikki shtropli
(17.4-rasm) yuk
ko‘tarish qobilyati 50 va 25 t. va bir shtropli yuk ko‘tarish qobilyati15 t. li.
17.4-rasm. Elevator
Quvurlarni qo‘lda yechish va mahkamlash uchun «Красний Сормова»
zavodi va Xalatyan
tuzilishli elevatorlar qo‘llaniladi.
Xalatyan elevatori oxirgi turlari
bir muncha engil diametri 38 mmli quvurlar uchun 14 kg, 102 mm li quvurlar uchun
35 kg bo‘ladi.
Nasos shtangalarini ushlash uchun shtanga elevatorlari
ikki turi ishlab
chiqiladi: ЭШН –5 yuk ko‘tarish qobilyati 5 tn va ЭШН –10 yuk ko‘tarish obilyati
10 tn.