Karbonatli kollektorlar - o‘zining g‘ovakligi, darzligi, kovakligi bilan neft
va gazlarning hosil bo‘lishiga va har xil uyum bo‘lib to‘planishiga ta‘sir ko‘rsata
olish xususiyatlariga ega bo‘lgan karbonat jinslar majmuasi.
Karbonatli jinslar - tarkibida 50% dan ortiq bir yoki bir necha karbonat
minerallaridan tashkil topgan cho‘kindi jins (ohaktosh, dolomit) lar. ular kelib
chiqishiga ko‘ra xemogen va biogen bo‘ladi.
Kislotali agregat - quduqlariga kislota bilan ishlov berishga mo‘ljallangan
agregat.
Kislota bardosh materiallar -kislotalarning yemiruvchi ta‘siriga chidamli
materiallar majmui. Quvurlar, shlangalar, qoplamalar tayyorlashda, minoralar
qurishda, shuningdek kislotaga chidamli germetiklar va zichlagichlar sifatida
ishtiladi. Bu materiallarga metall (po‘lat, cho‘yan, nikel, mis, alyuminiy, titan, qalay,
qo‘rg‘oshin, kumush, oltin, platina)lar va nometall (andezitlar, kvartsit, granit,
felzit)lar, shuningdek keramika, beton, polimer, kauchuk, rezina, shisha,emal va
boshqalar kiradi.
Kollektor -neft, gaz va suvlarni saqlaydigan g‘ovak va darz tog‘ jinslari
(qum, qumtosh, dolomitlar). Kollektorlarning usti va ostki qismi gilli (to‘siq) zich
qatlam bilan o‘ralgan bo‘ladi. Kollektor jinslardagi neft va gaz miqdori uning
g‘ovakligiga bog‘liq. odatda, neft va gaz, qum, qumtosh jinslarida ko‘p to‘planadi.
kollektorning g‘ovakligi 10-25% dan 40-50% ga yetishi mumkin. Farg‘ona
vodiysidagi yura, bo‘r, paleogen va neogen davri yotqiziqlarining g‘ovakligi 5-10%
dan 35-37% gacha boradi. Neft va gaz konlarini qidirishda kollektorning o‘rni katta.
Kollektorlar o‘tkazuvchanligi (mkm
2
) bo‘yicha 5 sinfga bo‘linadi.
Kompressor -havo yoki gazni 0,015 MPa dan kichik bo‘lmagan ortiqcha
bosimgacha siqadigan mashina. Tuzilishi bo‘yicha hajmiy, kurakli va ishlash
prinsipiga ko‘ra oqimli turlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |