N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Kompressor stantsiyasi -qisilgan havolarni o‘ziga olish va u bilan har xil 
pnevmatik asboblarni ta‘minlashga mo‘ljallangan stantsiya. 
Kompensator – markazdan qochma cho‘kma eletronasos qurilmasida 
dvigatelning moylash tizimini kompensatsiyalovchi qurilma. 
Knduktor - burg‘ilayotgan quduqlarga qo‘yiladigan quvurlar. Ular 
quduqning to‘g‘ri yo‘nalishi va yuqori qismi qatlamlaridagi jinslarning 
mustahkamligini taminlaydi va suvdan muhofaza qilish uchun xizmat qiladi. 


326 
Kranblok-tal sistemasining bir qismi bo‘lib, burg‘ilash minorasi romi 
tepasiga joylashtirilgan moslama. U quduqdan quvurlarni ko‘tarish va tushirishga 
mo‘ljallangan. 
Kon – quruq yoki suv bilan to‘yingan o‘tkazmas qatlam bilan chegaralangan 
bir yoki bir nechta uyumkarning ustma ust joylashishi. Konlar zahirasiga, sifatiga va 
xalq xo‘jaligidagi tutgan o‘rniga ko‘ra kichik, o‘rta va katta bo‘ladi. 
Kapital (to’la) ta’mirlash - ishlash imkoniyatini qisman yoki to‗la 
yo‗qotgan mashina, mexanizm va asbob-uskunalarni tiklash jarayoni. 
Laminar oqim-suyuqlik yoki gazning tartibli oqimi; suyuqlik qo‘shni 
qatlamlarning o‘zaro aralashib ketmasligi bilan harakterlanadi. 
Legirlash-metall qotishmalar tarkibining tuzilishini o‘zlashtirish, ularga 
muayyan fizik, kimyoviy yoki mexanik xossalar berish uchun legirlovchi elementlar 
kiritish. Legirlovchi qo‘shimchalar, odatda, erigan metallarga qo‘shiladi. 
Ko’taruvchi (lift) quvurlar tizmasi-qazib olish qudug‘idan qatlam flyuidlari 
(neft, gaz, suv)ni tashqariga ko‘tarishga mo‘ljallangan qurilma. 
Mustahkamlovchi quvurlar tizmasi- quduq devorlaridagi tog‘ jinslarini 
o‘pirilishdan saqlash va ularni mustahkamlash uchun qo‘llaniladigan po‘lat quvurlar 
birikmasi. 
Machta-burg‘ilash yoki qo‘shimcha ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan tushirish va 
ko‘tarish operatsiyalarini bajarishga mo‘ljallangan. Machtaning oltisimon, a-shaklli 
va qurama turlari mavjud. balandligi 10-15 m gacha bo‘lgan olti shaklli machta eng 
ko‘p tarqalgan. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling