N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Gaz-neft chegarasi – konda neft va gazlarini bir-biridan ajratib turadigan 
yuza.
Gazlift - siqilgan havo yoki tabiiy gaz yordamida suyuqlikni quduqdan 
ko‘taradigan qurilma.
Gilli ohaktoshlar-cho‘kindi jins. tarkibiga oz miqdorda gil aralashgan 
ohaktosh.
Gidrodinamik qarshilik - suyuqlikning jism harakatiga yoki quvur 
devorining oqayotgan suyuqlikka qarshiligi.
Gidroporshenli nasos qurilmasi-chuqurlik nasos plunjerining orqaga 
qaytadigan va olg‘a intiladigan harakati hisobiga qudug‘idan eritmalarni yer yuziga 
ko‘tarish uchun qo‘llaniladigan qurilmalar majmui. Bunday harakatlar chuqurlik 
porshenli dvigateli yordamida amalga oshiriladi.
Harorat gradienti-yer po‘stining chuqurligi bo‘yicha har 33 metrda 
haroratning 1
0
ga oshishi.
Izobar xaritasi -teng bosimli nuqtalarni birlashtirib xarita tuzishga 
asoslangan. 
Izobarlar-har xil xarita va diagrammalarda bir xil bosimni birlashtiruvchi 
chiziqlar. 
Indikator-biror jarayonning borishini yoki kuzatilayotgan ob‘ektning 
holatini aks ettiruvchi asbob. 
Indikator diagrammasi-quduqning qazib olish ko‘rsatkichini turli 
diametrdagi shtutserlar bilan hosil qilinadigan bosimlar farqiga bogliqlik grafigi .
Jelonka - Jelonka pastki qismida shtokka tayanib ochiladigan, shtokli klapin 
bilan jixozlangan, uzunligi sakkiz metr bo‘lgan quvurdan tayyorlanadi. Jelonka 
yuqori qismida arqonni biriktirish uchun tutqich ko‘zda tutiladi. Jelonka diyametri 
mustahkamlovchi quvur diyametrining 0,7 dan katta bo‘lmaydi. Jelonka bir marta 
tushib chiqqanda 0,06 m
3
gacha suyuqlikni olib chiqadi. 


325 
Kritik bosim-har bir moddaning xususiy kritik bosimi. ma‘lum kritik bosim 
moddaning fizik-kimyoviy doimiysi hisoblanadi. Masalan, suvning kritik bosimi 
218,3 atm. Kritik bosimdan past bosimdagi sistema ikki muvozanat faza (suyuqlik 
bug‘) ga ajraladi. Lekin kritik bosimda suyuqlik bilan bug‘ orasidagi farq yo‘qoladi, 
ya‘ni fazali holatga o‘tadi. 
Kabel -germetik izalyatsiyalangan bir yoki bir necha sim eshimi. elektr 
energiyasi uzatiladigan kuch kabeli, aloqa kabeli va radio chastota kabeli bo‘ladi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling