N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Quduqda yer osti ta’mirini o‘tkazishda asosiy texnika xavfsizligi qoidalari


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

 
17.4.Quduqda yer osti ta’mirini o‘tkazishda asosiy texnika xavfsizligi qoidalari. 
Neft qazib olish sanoatda quduqni yer osti ta‘miriga bog‘liq ishlar bir muncha 
murakkab va xavfli hisoblanadi. Shuning uchun bu yerda har bir ishchi mexanizmlar 
bilan muloqat qilish qoidalarini bilishi va ishni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan texnika 
xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi talab qilinadi. 
Yer osti tamiri birgadasining har bir ishchisi texnika xavsizligi bo‘yicha 
maxsus kursni tamomlagan bo‘lishi va kondagi ishni xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha 
ko‘rsatmalar va qoidalar bilan tanishgan bo‘lishi kerak. 
Yer osti brigadasining asosiy ishlab chiqarish agregati ko‘tarib tushiruvchi 
inshoat va mexanizmlar, yaniy minora, ko‘targich va tal tizimi hisoblanadi. Birinchi 
navbatda ularning mustahkamligi va ishonchligiga e‘tibor berish kerak bo‘ladi. 


320 
Ko‘tarib-tushirish jarayonidan oldin minora va machtani, tal tizimini diqqat bilan 
ko‘zdan kechirib chiqish kerak bo‘ladi. Po‘lat arqonli tortqich minora tepasiga va 
yakor pastiga yaxshi mahkamlangan bo‘lishi kerak. Agar tortgich bo‘shagan bo‘lsa 
uni mahkamlash talab qilinadi. Barcha zina poyalarni, maydonchalarni, ayoq va 
minora yuqorisini ko‘zdan kechiqib chiqish kerak bo‘ladi. Minora yuqorisida hech 
qanday narsa qolmasligi kerak, yuqorida kichik narsaning (bolt, gayka) tushib ketish 
og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. 
Ishlatuvchi quvurlar usti atrofida ishchi maydon quvurlarni yechish va 
qotirish uchun mustahkam va yetarli o‘lchamda doska bilan jixozlangan bo‘lishi 
kerak. Bu joy toza oyoq toymaydigan va surinib ketmaydigan bolishi kerak. Har bir 
quduq burg‘ilash maydonini, to‘kilgan neft va loylarni yuvish uchun mo‘ljallangan 
suv shlangalarda keltirilgan bo‘lishi kerak. Traktorist ish o‘rni yomg‘ir va quyoshdan 
himoyalangan bo‘lishi kerak. 
Ishdan oldin quvurni ko‘tarib tushirish mexanizmlarining ovoz chiqarayotgan 
qismlarini moylash talab qilinadi, aks holda avarya holatlari ro‘y berishi kuzatiladi. 
Ko‘taruchi kryuk ish vaqtida ochilib ketishidan saqlovchi qulfga ega bo‘lishi 
kerak. 
Barcha instrumentlar toza va soz holatda bo‘lishi talab qilinadi. Nosoz 
elevator ko‘tarish vaqtida ochilib ketishi natijasida ko‘tarilayotgan quvur quduqqa 
tushib ketishi yoki ishchiga zarar yetkazishi mumkin. Zanjirli kalitning nosozligi 
quvurlarni qotirish va bo‘shatish vaqtida ishchiga jarohat olib kelishi mumkin. 
Ko‘zni sim bo‘laklaridan asrash uchun himoya ko‘z oynagini taqish talab 
qilinadi.Po‘lat arqon bilan ishlashda qo‘lqop kiyish kerak. 
Favvora va gazlift armaturalarini yechish va nasos qudug‘idan nasos 
kompressor quvurini ko‘tarishdan oldin quvur va halqali qismdagi bosim atmosfera 
bosimigacha tushirilishi kerak bo‘ladi. 
Nasos qudug‘ida ta‘mirlash ishlarini olib borishdan oldin balansir boshchasi 
orqaga yoki biron tomonga olinishi talab qilinadi. 
Stelajga bittadan shtangalarni qo‘yish va ko‘tarishga ruxsat beriladi. 


321 
Stelajga shartli diametri 60 mm bo‘lgan uzunligi 16 m dan uzun bo‘lmagan 
ikkita nasos kompressor quvurini qo‘yish va ko‘tarish mumkin, ko‘taruvchi inshoat 
balandligi 22 m dan past bo‘lmasliga va minora darvozasidan quvur erkin o‘tishi 
kerak. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling