N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Gaz qudug’i ishining texnologik rejimini o’rnatish


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

15.7.Gaz qudug’i ishining texnologik rejimini o’rnatish 
Quduqlarni ishlatishning texnоlоgik rejimi (QITR) deb quduqning tubida 
(ustida) bosimni ma‗lum bir ko‘rsatkichda ushlab turish, yuqoridagi qurilmalarda 
ma‗lum bir bosim yoki debitni ushlab turishga aytiladi. 
Karataev ta‗rifiga ko‘ra, quduqlarni ishlatishning texnologik rejimida atrof-
muhitni ifloslamaslik, yer bag‘rini himoya qilish va quduqni avariyasiz ishlatish ko‘zda 
tutilishi kerak. 
Shirkovskiy ta‗rifi: quduqlarni ishlatishning texnоlоgik rejimi (QITR) deb 
debitni, bosimni, haroratni, gaz tarkibini oldindan hisob kitob qilingan ravishda ushlab 
turishga aytiladi. 


296 
Quduqlarni ishlatishning ba‗zi bir texnologik rejimlarini matematik formulalar 
bilan ifodalash mumkin. Boshqa bir quduqlarni ishlatishning texnologik rejimlari aniq 
bir printsiplarga, ya‗ni debitni yoki quduq tubi bosimini cheklash bilan asoslanadi. 
Qatlamdan qancha gaz olish loyiha hujjatlari orqali belgilangan bo‘ladi. 
Shunga qarab har bir quduqdan olinishi lozim bo‘lgan mahsulot belgilanadi. Demak, 
har bir quduqdan olinadigan gaz miqdori qatlamning imkoniyatlariga qarab 
belgilangan va u loyiha ko‘rsatkichlariga mos kelgan bo‘lishi lozim. 
Gaz quduqlari ishining texnologik rejimi har uch oydan to bir yilgacha 
belgilangan bo‘lib (bu qoida vazirlik yoki kompaniya bo‘yicha qabul qilingan maxsus 
qo‘llanma asosida belgilanadi), muddati o‘tgan quduq maxsus tadqiqot asosida 
tekshiriladi va uning natijalari har tomonlama tahlil qilingach, yana ma‘lum muddatga 
quduqning ish rejimi belgilab qo‘yiladi. Bunda quduqning beradigan mahsulot 
miqdori, quduq tubidagi va qatlamdagi bosim hamda ular o‘rtasidagi farq miqdori, 
quduq og‘zidagi bosim va harorat, quduq mahsulotida suyuqlik (suv va 
kondensat)ning mavjudligi, undan tashqari quduqdan chiqadigan gaz bilan chiqishi 
mumkin bo‘lgan tog‘ jinsi donalarining mavjudligi ularning hammasi juda aniqlik 
bilan puxta o‘rganiladi va texnologik rejimni belgilashda o‘sha holatlar albatta 
inobatga olinadi. Quduqning ish rejimini belgilash muddati ham quduqning qanday 
joyda joylashganligiga (suv - gaz chegarasiga yaqinmi - yo‘qmi), quduq tubidagi 
kollektorlarning mustahkamligiga quduq tubidagi qatlam qanday tog‘ jinslaridan 
tashkil topgan va ularning yemirilishga moyilligi) qarab belgilanadi va bu ham uning 
ishini boshqarishning muhim omilidir. 
Gaz quduqlarini ishlatishda muayyan sharoitlarga qarab bir qancha rejimda 
ishlashni belgilash mumkin. Chunonchi, bosim farqining barqarorligi, quduq tubi 
zonasidagi filtratsiya tezligining barqarorligi, quduq og‘zidagi bosimning barqaror-
ligi holatlari shular jumlasidandir. 
Qatlam o‘zgaruvchan xususiyatga ega bo‘lgan holda har xil holatga qarab 
quduqlarning ish rejimi muddati o‘zgartirilishi mumkin. 
Gaz konlarini gaz rejimida ishlatilganda quduqlarning suv bosish xavfi yo‘q. 
Undan tashqari sharoit shuni taqozo etsa, ulardan eng unumli foydalanish yo‘llarini 


297 
(eng ko‘p miqdorda gaz olish shuni hisobga oluvchi quduqlar sonini kamaytirish 
imkoni mavjud, kompressorsiz ishlatish muddatini cho‘zish va h. k.) axtarish va 
ulardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Gaz konlarini ishlatishda esa butun e‘tibor iloji boricha kondensatning 
yo‘qolish yo‘llarini kamaytirish va shunday qimmatli xom-ashyoni qo‘lga kiritilishiga 
qaratilishi kerak. 
Gaz va gaz kondensat quduqlarining samarali ish rejimini belgilash barcha 
hollarda ham gidrodinamik hisob kitoblar orqali bajariladi, bunda albatta tajriba 
uchun qilingan ishlatish natijalari asosiy manba bo‘lishi lozim. 
Past bosimda va oz mahsuldorlik holatlarida ishlatilgan quduqlarda gidratlar 
hosil bo‘lishi ishlatishni izdan chiqaradi. Bu hollarning oldini olish choralarini 
ko‘rish asosiy maqsad bo‘lmog‘i lozim. 
Uyumlarning geologik tuzilishi xususiyatlari, tabiiy faktorlar quduqlarning 
xarakteristikalariga , ya‗ni ularni ishlatishning texnologik rejimiga ta‗sir etadi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling