N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Gidrat hosil bo’lishi va uning oldini olish


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

15.9.Gidrat hosil bo’lishi va uning oldini olish 
Gaz soviganda muzlashini oldini olish maqsadida issiqlik almashinish 
qurilmasini quvur ichki qismiga 80% li DEG ni maxsus purkagichlar yordamida 
purkab turiladi. Issiqlik almashinish qurilmasida 2
0
С gacha sovib chiqqan tabiiy gaz 
9,8 – 10,1 MPa bosim bilan redutsirovaniya – ejektirirovaniya blokiga uzatiladi va u 
yerda ham bosim 5,6 – 5,72 MPa ga tushadi hamda harorat Joul – Tomson drossel 
effekti hisobiga – 13
0
С; - 18
0
С gacha soviydi. 


303 
- 13
0
С; - 18
0
С gacha sovigan tabiiy gaz 5,6 – 5,7 MPa bosim bilan uchinchi
bosqich past bosimli ajratgichga uzatiladi. Uchinchi bosqich past bosimli ajratgichda 
tezlik va yo`nalish uzgarishi hisobiga drossel effektiga binoan sovush natijasida 
suyuq moddalar to`liq ajraladi. Uchinchi bosqich past bosimli ajratgich tik silindrik 
idish bo`lib, gazni qurish joyida gazni suyuqliklardan ajratish uchun maxsus setka 
qo`yilgan bo`lib, bu gaz oqimidagi suyuqliklarni to‘liq ushlab qolishga mo‘ljallangan. 
Quritilgan tabiiy gaz uchinchi bosqich past bosimli ajratgichdan to‘g`ri issiqlik 
almashinish qurilmasini quvurlararo bo`limiga uzatiladi. U yerdagi quvur ichidan 
kelayotgan kirish gazi hisobiga 15
0
С; 25
0
С gacha qiziydi. 
Issiqlik almashinish qurilmasidan chiqqan quritilgan tabiiy gaz birinchi 
bosqich issiqlik almashinish qurilmasini quvurlararo bo‘shlig‘iga uzatiladi va u yerda 
kirish gazi harorati hisobiga 40
0
С dan 50
0
С gacha qiziydi va umumiy quvur orqali 
keyingi bosqich gazga ishlov berish uchun ishlatiladi. Birinchi va ikkinchi bosqich 
ajratgichda ajralgan kondensat 9,8 dan – 10 MPa bosim va 38
0
С; 45
0
С harorat bilan 
kondensatni barqarorlashtirish qurilmasiga uzatiladi. 
Past haroratli ajratish qurilmasidan chiqqan kondensat to‘yingan DEG 
aralashmasi 5,6 – 5,7 MPa bosim va – 13
0
С; - 15
0
С harorat birdan DEGni tozalash 
qurilmasiga uzatiladi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling