N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Gaz konini ishlatish xususiyatlari
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
15.2.Gaz konini ishlatish xususiyatlari. Gaz konlarini ishlatish texnologiyasi neft konlariga qaraganda turli tavar sifati va neft va gazning fizik xossalariga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. 285 Yer bag‘ridan qazib olingan neft zavodda qayta ishlashdan oldin idishlarda uzoq vaqt saqlab turilishi mumkin. Qazib olingan gaz esa kon joylashgan hududdan birdan istemolchiga berilishi kerak, bu degani istemolchi talabiga javob berish kerak bo‘ladi. Shunday qilib gaz konlarini ishlatishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ―qatlam-quduq-kondagi gaz yig‘uv tizimi-magistral gaz quvuri-istemolchi‖ tuzilmasining uzluksizligidadi. Gaz konlarini ishlatish texnologiyasining boshqa xususiyatilari tabiiy neft gazi fizik xossalaridan kelib chiqadi. Gazni suyuqlik bilan solishtirilganda gaz juda kichik kichik qovushqoqlik, kichik zichlik va yuqori siqiluvchanlikka ega bo‘ladi. Qovishqoqligining kichikligi tufayli gaz juda yaxshi oquvchan bo‘ladi. Shuning uchun gaz konini ishlatishda nazariy jihatdan to‘liq gaz beraoluvchanlikka erishish mumkin.Quduqlarning o‘tkazuvchanligining cheklanganligi tufayli, konning kattaligidan kelib chiqib turli sonly quduqlar yordamida mahsulot qazib olinadi. Neft konlarini ishlatishdagi kabi, gaz konlarini oqilona ishlatish asosida atrof muhitni himoya qilish qoidalariga rioya qilish va samarali texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish turadi. Bu prinsiplardan kelib chiqib, loyihalashtirishda yillar davomida konni ishlatish suratini, umumiy ishlatish davrini, quduqlar sonini, ularning diametrini va kon maydoninida joylashtirish tartibibi aniqlanadi. Neft konlaridagidek, gaz konlarini ishlashni loyihalashtirish ham konni geologik o‘rganish, gazadinamik hisoblar, ishlashning turli xil variantlarini solishtirish asosida koplekt tarzda amalga oshiriladi. Kon maydonida birinchi qidiruv qudug‘ida tadqiqot jarayoni va tajribaviy ishlatish orqali qatlam qalinligi, ularning litologik xususiyati, g‘ovakligini va tog‘ jinsi o‘tkazuvchanligini, gaz va suvgato‘yinganlikni, gaz-sub, gaz-neft, chegaralarining joylashishini, gaz zaxirasini, quduqdagi ruxsat etilgan bosimlar farqini, gaz debitini va shu kabi ko‘rsatkichlarni aniqlanadi. Ishlashni loyihalashtirish va maydonda quduqlarni oqilona joylashtirish da sizdirish rejimi katta ahamiyat kasb etadi. Ishlashga rejim juda katta ta‘sir ko‘rsatadi 286 va asosiy ishlash shartini aniqlashda yana boshqa bir qatorlar faktorlardan foydalanilanib, bularga bosim tushish surati, va gaz debiti, quduq suvlanganligi va boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Ayrim quduqlarni ishlatish va gidrodinamik hisoblar natiljalari orqali qatlamni ishlashning u yoki bu rejimining namayon bo‘lishi aniqlanadi. Agar harakatlantiruvchi kuch faqat siqilgan gaz bosimi bo‘lsa, unda vaqt o‘tishi bilan gaz bilan to‘yingan o‘zgarmas tog‘ jinsi hajmida uzluksiz bosim tushihsi kuzatildi. Hisoblashlar uchun quyidagi belgilashlarni kiritamiz: V-gaz uyumi g‘ovak muhit hajmi m 3 da; p 0 -boshlang‘ich qatlam bosimi; p 1 - qatlamdan Q 1 m 3 gaz olingan vaqtdagi, qatlamdagi o‘rtacha bosimi; p 2 - qatlamdan Q 2 m 3 gaz olingan vaqtdagi, qatlamdagi o‘rtacha bosimi; p at -atmosfera bosimi; z 0 , z 1 , z 2 - qatlam haroratida va bosim p 0 , p 1 , p 2 holatidagi gazning mos siqiluvchanlik koeffitsiyentlari. Qatlamdan olinadigan gaz miqdorini Q 1 quyidagicha aniqlaymiz (15.1) Q 2 ni aniqlash (15.2) Agar uyumda faqat gaz rejimi kuzatilsa, unda gaz bilan to‘yingan g‘ovak muhit hajmi o‘zgarmay qolishi shart: (15.3) Agar gaz uyumi faol chekka suvga ega bo‘lsa (15.2) tenglikning o‘rniga quyidagi tegsizlikka ega bo‘lamiz (15.4) Bu chekka suvlar ta‘sirida bosim tushish sekinlashishi bilan tushuntiriladi. Agar hisob natijasida yetarli uzoq vaqt oralig‘ida gazsuv chegarasi kam oraliqqa ko‘chishi aniqlansa, unda berilgan ishlash sharti uchun sizdirish rejimi gaz 287 rejimi hisoblanadi. Agar gazsuv chegarasi yetarli oraliqqa siljisa suvbosmi yoki aralash rejim kuzatiladi. Uyumda u yoki bu sizdirish rejimning ko‘proq kuzatilishiga qarab, uyumni ishlash va loyihalash tartibi, hamda maydonda quduqlarni joylashtirish sxemasi tanlanadi. Amalda ko‘pincha gaz konlari, konni ishlatishning boshlang‘ch davrlarda gaz rejimida ishlatiladi. Gaz qazib olish miqdori va konni ishlash davri gazga bo‘lgan talabdan kelib chiqib tanlanadi. Kondagi gaz qazib olish ko‘rsatkichi bo‘yicha quduqlarni ishlatishning texnologik rejimlar hisoblanadi(gaz debiti, qatlam, quduq tubi va usti bosimlari o‘zgarishi). Keyin loyihaviy quduqlar soni hisoblab topilib va ularning yillar bo‘yicha debiti qidiruv qudug‘ini tadqiqot qilish orqali aniqlanadi. Maydon bo‘ylab joylashtiriladigan quduqlar sonini aniqlashga quduq diametri, aniqrog‘i ishlatuvchi quvurlar diametri ta‘sir ko‘rsatadi. Quduq diametri qancha katta bo‘lsa, quduq bo‘yida napor yo‘qotish kichik va debiti yuqori bo‘ladi. Quduq debitining katta bo‘lishi rejalashtirilgan gaz qazib olish miqdoriga erishish uchun quduqlar soning kam bo‘lishini ta‘minlaydi. Shu bilan birgalikda quduq diametrining katta bo‘lishi, quduq burgilash uchun metal sarfi va xarajatning ortishiga olib keladi. Shuning uchun gaz konini islashni loyihalashtirishda oqilona diametrni tanlash bir necha variantdagi quduq diametrini tekshirish orqali amalga oshiriladi. Tanlangan ishlatuvchi quvurlar tizmasi diametri, konni ishlatishning barcha davrlarida gaz qazib olish ko‘rsatkichin taminlashi shart. Quduqni joylashtirish sxemasi uyumning shaklidan kelib chiqib tanlanadi. Uzun ko‘rinishdagi uyumda quduqlar bir, ikki yoki uch to‘g‘ri ciziqli qatorli setka bo‘yicha teng taqsimlangan joylashtirish sxemasidan foydalaniladi. Aylana yoki gumbaz simon uyumlarda bir, ikki yoki uch halqali qator yoki gazgato‘yingan maydonda teng taqsimlangan ko‘rinishda joylashtiriladi. 288 Amalda birinchi navbatda quduqlar qatlamning qalin va o‘tkazuvchanligi yaxshi, mahsuldorligi yuqori bo‘lgan qismiga joylashtiriladi. Gazodinamik hisoblarda maydonda quduqlarni joylashtirishning birnechta variantlari ko‘rib chiqiladi. Gazkondensat konlarini ishlashda bosim tushishi natijasida gaz tarkibidan kondensat ajralish kuzatiladi. Birinchi navbatda og‘ir uglevodorodlar keyin bir muncha yengil uglevodorodlar ajralishi kuzatiladi. Eng ko‘p kondensat ajralisj bosimi, maksimal kondensatsiya bosimi deyiladi. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling