22
ratsionali tanlanadi. Buning uchun ratsional ishlash tizimi kriteriyasini o‘rnatish
kerak bo‘ladi.
1. Quduqlarning o’zaro ta’siri darajasi. Yer
osti gidravlika kursidan
ma‘lumki quduqlar orasidagi masofani uzaytirilsa o‘zaro ta`siri pasayadi. Bir xil
quduq tubi bosimi saqlansa debit ortadi. Shundan kelib chiqib quduqni burg‘ilash va
jixozlariga ketgan xarajat tez qoplanadi.
Quduqlar orasidagi masofani uzaytirish kondagi quduqlar sonini kamaytiradi
va jami qazib olish miqdori kamayadi, konni ishlatish vaqti uzayadi. Tuzilishi har xil
uyumlarda quduqlar orasidagi masofani uzaytirish kichik
linzali oraliqlarda va
o‘tkazuvchanligi past qatlamchalarda neftning qolib ketishiga sabab bo‘ladi.
Shunday qilib, quduqlarning o‘zaro ta‘sirining kichikligi ratsional ishlash
tizimining
kriteriyasi
bo‘lib xizmat qilolmas ekan.
2. Yuqori neftberaoluvchanlik koeffitsienti. Qatlamni
siqib
chiqarish
jarayoni bilan to‘liq qoplash orqali, ya`ni qachon suv-neft
chegara yoki gaz-neft
chegara
uyumning
barcha
qatlamchalaridan
o‘tgan
holatda
maksimal
neftberaoluvchanlikka erishish mumkin. O‘tkazuvchanligi past qatlamda oqimni hosil
qilish uchun bosim gradienti va suyuqlik zarrachalarining tezligi yuqori bo‘lishi
kerak bo‘ladi. Har xil qatlamda maksimal neftberaoluvchanlik koeffitsiyentiga
erishish uchun quduqni zich joylashtirish talab qilinadi.
Yuqori neftberaoluvchanlik bosimli rejimlarga xosdir. Tabiiy energiya yetarli
bo‘lmasa qatlamga gaz yoki suv haydab sun`iy suv bosimi yoki gaz bosimi rejimini
hosil qilishimiz kerak bo‘ladi.
Quduqlarni zichlashtirish va qatlam bosimini ushlash quduqni burg‘ilash va
jixozlash uchun kapital xarajatni ko‘paytiradi.
Shunday ekan yuqori
neftberaoluvchanlik ratsional ishlash tizimining hal qiluvchi kriteriyasi bo‘lolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: