N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Erigan gaz rejimi. Neftni qazib chiqarish quduqlari tubiga harakatlantiruvchi 
asosiy energiya manbai neftda erigan gazning qayishqoqligi hisoblanadi. Bu rejim 
odatda uyumning neftli qismi bilan chegara orti qismining gidrodinamik aloqasi 
yaxshi bo‘lmagan uyumlarda yuzaga keladi. 


15 
Erigan gaz rejimi qatlam bosimi to‘yinganlik bosimidan pasayganda 
kuzatiladi. Uyumda neftda erigan gazlar undan ajralib erkin holdagi pufakchalarni 
hosil qiladi. Bu vaqtda ular neftgaz aralashmasi hosil qilib qayishqoqligini 
yaxshilaydi, neftni qovushqoqligini pasayishiga imkon yaratadi va aralashmaning 
harakatlanishini yaxshilaydi. Ishlatishning bu davri qatlam bosimining doimiy 
ravishda pasayishi, gaz omilining nisbatan va joriy qazib chiqarishni maksimal 
bo‘lishini ta‘minlaydi. 
Gaz pufakchalarining miqdori ortadi va quduqlar tubiga neftga nisbatan tezroq 
yetib keladi. Bu davrda gaz omili ortadi va neft uchun fazoviy o‘tkazuvchanlik 
kamayadi. Shu vaqtda neft o‘zida erigan gazning asosiy qismini yo‘qotib qovushqoq 
bo‘lib qoladi va harakatchanligi kamayadi. Shuning uchun qatlam bosimining pasayib 
borishiga qaramasdan joriy neft olish minimumgacha kamayadi. 
Neftda erigan gazning miqdori chegaralanganligi sababli uning energiyasi 
pasayadi, neftdan gazning ajralishi to‘xtaydi. Gaz omili minimumgacha kamayadi. 
Erigan gaz rejimida qatlam bosimining pasayishi jami neft va gaz olishga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Yuqorida bayon qilinganlar erigan gaz tarzining kam samaraligidan dalolat 
beradi. Neft beraoluvchanlik koeffitsienti sharoitiga bog‘liq holda 0,1-0,3 oraliqda 
o‘zgaradi. 
Gravitatsion rejim. Neftni quduqlar tubiga harakatlantiruvchi asosiy energiya 
manbai og‘irlik kuchi hisoblanadi. Bu tarz odatda neft uyumlarini ishlatishning 
yakuniy bosqichida qatlam enyergiyasining boshqa manbalarini ta‘siri tugagandan 
so‘ng yuzaga keladi. 
Neft konlarini ishlatish amaliyotida ikki turdagi gravitatsion tarz ajratiladi: a) 
bosimli gravitatsion; b) erkin neft yuzali gravitatsion rejim. 
Birinchi turdagi rejim odatda yuqori o‘tkazuvchan, katta burchak ostida yotgan 
qatlamlar bilan bog‘liq uyumlarda kuzatiladi. Neft qazib chiqarish quduqlari tubiga 
o‘zining og‘irlik kuchi ta‘sirida harakatlanadi. Bunda neftning debiti neft sathi va 
quduq tubi orasidagi gipsometrik ko‘rsatkichning farqiga hamda qatlamning yotish 
burchagiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun qatlamning tushishi bo‘yicha uzoqda 


16 
joylashgan quduqlar neftning yuqori debiti bilan tavsiflanadi. Bu o‘z navbatida 
neftberaoluvchanlik koeffitsientining oshishiga imkon yaratadi. Bu rejimda 
neftberaoluvchanlik koeffitsienti 0,3-0,4 ni tashkil etadi. 
Ikkinchi turdagi rejim kollektorlik xossalari past, ahamiyatli fatsial 
o‘zgarishlar mavjud va yotish burchagi katta bo‘lmagan uyumlarda yuzaga keladi. Bu 
holatda neftning quduqlardagi sathi qatlamning ustki yuzasidan pastda bo‘ladi, 
ta‘minot zonasi uyumning quduq joylashgan maydoni hisoblanadi. Shu sababli 
neftning erkin yuzasi hosil bo‘ladi, uning holati tabiiy qiyalik chizig‘i bilan 
aniqlanadi. 
Ta‘minot maydoni katta bo‘lmaganligi sababli neftberaoluvchanlik 
koeffitsienti kichik bo‘ladi – 0,1 dan 0,2 gacha. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling