N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Suv bosimi rejimi. Suv bosimi rejimida neftni qatlam bo‘ylab quduqlar tubiga
harakatlantiruvchi asosiy energiya manbaasi chekka (ostki) suvlarning bosimi hisoblanadi. Uyumni ishlatish jarayonida chekka suvlar uyumga kirib boradi va olinayotgan neft o‘rnini to‘ldiradi. Shuning o‘zi bilan qatlam bosimi ushlab turiladi. Chekka (ostki) suvlarning bosimini doimiyligi qator geologik va gidrogeologik omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bularga uyumni ta‘minot manbaiga yaqin joylashganligi, uyum va ta`minot manbai orasidagi aloqaning yaxshiligi va ularning gipsometrik sathlari orasidagi farqning kattaligi kiradi. Suvneft chegarasidan qazib oluvchi quduqlarini tubiga bosimning tez uzatilishi turli fatsial aralashuvlar bilan murakkablashmagan kollektor qatlamning yuqori o‘tkazuvchanligi bilan erishiladi. Suv bosimi rejimida ishlaydigan uyumlarda qatlam bosimining o‘zgarishini aniqlovchi asosiy ko‘rsatkich neft qazib olish ko‘rsatkichi hisoblanadi. Suv bosimi rejimi uyumdagi boshlang‘ich olinadigan zaxiralardan 7-8% gacha yetishi mumkin. Suv bosimi rejimida ishlayotgan uyumlarda qatlam bosimi ishlatishning dastlabki davrida biroz pasayadi, vaqt o‘tib bir xil kattalikda to‘yinish bosimidan 13 yuqori ko‘rsatkichda turadi. Shuning uchun gaz omili kichik va vaqt mobaynida o‘zgarmas bo‘ladi. Chekka suvlarning doimiy bosimi rejimida suv neft chegarasi (SNCh) ko‘tariladi va qazib oluvchi quduqlari suvlanadi. Ishlatishning oxirgi bosqichida ko‘pchilik quduqlar suvlanib to‘xtatilganda yillik neft olish kamayadi, qatlam bosimi esa ortadi. Suv bosimi eng samarali rejim hisoblanadi. Neft beraoluvchanlik koeffitsienti 0,8 gacha bo‘ladi. Qayishqoq - suv bosimi rejimi. Qayishqoq - suv bosimi rejimida qatlam energiyasining asosiy manbai yer bag‘ridagi suyuqliklar, gazlar va tog‘ jinslarining qayishqoqlik kuchlari hisoblanadi. Qayishqoqlik kuchlari chekka suvlarning kuchsiz bosimi hisobiga yuzaga keladi. Bu rejimda ishlaydigan uyumlar uchun ta`minot manbai bilan aloqasi yomonligi, undan uzoqda joylashganligi, past o‘tkazuvchanlik va kollektor qatlamlarning bir xil emasligi xarakterlidir. Quduqlar ishga tushirilgandan boshlab quduq tubi atrofida past bosimli hudud hosil bo‘ladi. Bu hududda suyuqlik va gazlar kengayadi va tog‘ jinslari qayishqoqlik kuchlari hisobiga qisqara boshlaydi va bosim hosil qilib quduq tubiga harakatlanishiga imkon yaratadi. Past bosimli hudud tobora kengayib boradi va qayishqoqlik kuchlari katta maydon bo‘ylab tarqaladi va ta‘sir ham kengayib boradi. Past bosimli hudud qatlamning suvli qismiga yetganda qatlamga suv kiradi va suvneft chegarasi ko‘tarilib boradi. Suvneft chegarasi bir xilda ko‘tarilmasligi quduqlarni muddatidan oldin suv bosishiga olib keladi. Buning natijasida mahsulotning suvlanganlik foizi oshadi. Qayishqoq suv bosimi rejimida qatlam bosimi avvaliga pasayadi, so‘ngra qatlamdan joriy va jami neft olishga bog‘liq holda doimiy ravishda to‘yinganlik bosimidan yuqori ko‘rsatgichda ushlanadi. Shuning uchun ishlatish jarayonida gaz omili o‘zgarmaydi. Agar neft olish miqdori oshirilsa, qatlam bosimi pasayadi va u to‘yinganlik bosimidan ham pasayganda uyumda erigan gaz rejimi yuzaga keladi. Qayishqoq suv siquvi rejimida neftberaoluvchanlik koeffitsienti 0,4-0,7 ni tashkil etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling