N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Nazorat savollari. 
1.Neft koni deb nimaga aytiladi? 
2. Neft konini sanoat miqyosida baholash ko‘rsatkichlarini sanab o‘ting. 
3.Qatlam bosimi nima va qanday ifodalanadi? 
4.Keltirilgan bosim nima va uni qanday aniqlanadi

5. Qatlam energiyasining qanday turlari mavjud

6. Ishlash rejimi deb nimaga aytiladi

7.Qanday tabiiy energiya turlari mavjud? 
8.Neft uyumlarining ishlash rejimlari 
9.Gaz uyumlarining ishlash rejimlari 
10.Suv bosimi rejimining namoyon bo‘lish 
11.Qayishqoq - suv bosimi rejimining namoyon bo‘lish 
12.Gaz bosimi rejimining namoyon bo‘lish 
1-bob bо‘yicha xulosalar 
Neft konlari va ularning sanoat miqyosida baholash ko‘rsatkichlari haqida 
ma‘lumotlar keltirilgan. Qatlam bosimi va keltirilgan bosimni aniqlash formulalari 
yoritilgan. Qatlam energiyasi manbai va uning neft va gaz qazib chiqarishda 
foydalanilishi haqida ma‘lumotlar berilgan 
 


17 
2-bob.Uyumni samarali ishlatish rejimini o‘rnatish shartlari va imkoniyatlari. 
2.1.Neft konlarini ishga tushirish haqida umumiy ma’lumotlar 
Neft konini ishlash deganda, neft va gazning qatlamdan ma‘lum tartibda 
joylshtirish va ishga tushirish ketma-ketlikka ega bo‘lgan quduqni ishlash rejimini 
o‘rnatish va qatlam energiyasi balansini me`yorlash bilan ishlatiluvchi quduqqa 
tomon harakatini boshqarish tushuniladi. 
Har bir obektni ishlash sistemasining asosiy elementi maydondagi quduqlar 
to‘ri zichligi va joylashtirish sxemasi hisoblanadi. 
Neftlilik chegarasi o‘zgarmas (suv naporidan himoyalangan uyumda) uyumni 
ishlashda quduqlar uyum maydoni bo‘yicha teng taqsimlangan to‘r (to‘rtburchak yoki 
uchburchak) bo‘yicha joylashtiriladi. 
Har bir aniq uyum uchun quduqlar qatori orasidagi masofa o‘zgarmas yoki 
qatordan qatorgacha o‘zgarish mumkin. Bu masofa konni ishlash loyihasini tuzishda 
o‘rnatiladi. 
Ishlayotgan konda quduqlar soni, neftni qazib olish surati va ishlash muddati 
tanlangan quduqlarni joylashtrish to‘riga bog‘liq bo‘ladi. 
Har bir konni ishlash sistemasida muhim faktorlardan yana biri bu ma‘lum 
vaqt oralig‘ida (sutka, oy, yil) qazib olingan jami neft, ya`ni neftni qazib olish su`rati 
hisoblanadi. Har bir aniq kon uchun burg‘ulangan quduqlar soni, ularning o‘rtacha 
debiti va joriy qazib olish ko‘rsatkichi quduqlarda o‘rnatilgan ishlatish rejimiga qarab 
har xil bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida kondagi har bir quduqni ishlatish rejimi 
o‘zgarmas bo‘lmaydi. U ishlatish davomida geologo-texnik va energetik faktori 
o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. 
Qatlam bosimining tez tushishi kuzatilganda, uyumdagi qatlam energiyasi 
zaxirasini belgilovchi tabiiy sharoit, neft qazib olish su`ratini har doim ham yuqori 
bo‘lishini ta‘minlay olmaydi. Uyumni ishlash sharoitini yaxshilash uchun, sun`iy 
naporli rejim tashkil qilinadi. Shu maqsadda qatlamga suv va gaz qatlam bosimini 
ushlash uchun haydaladi. 


18 
Qatlamga sun`iy ta‘sir etish usuli qo‘llanilgan neft uyumini ishlashda 
uyumning geologo-fizik sharoitidan kelib chiqib siyraklashtirilgan quduq to‘ridan 
foydalaniladi. 
Quduqlarni joylashtirish to‘ri, maydonni burg‘ilash sur`ati va tartibi hamda 
suyuqlik olish su`rati bo‘yicha har bir neft konini ishlash sistemasi turli ko‘rinishda 
bo‘ladi. Neft uyumini ta`sir qilib ishlatish bilan bir qatorda, ta‘sir etmasdan ishlatish 
usulidan ham foydalaniladi. Har bir uyumni ishlatishda atrof muhit himoyasini 
e‘tiborga olib samarali va oqilona ishlash rejimini tanlash uchun individual 
yondashish kerak bo‘ladi. 
Ishlash mumkin bo‘lgan ishlash tizimidan minimal quduqlar soni bilan 
burg‘ilangan, berilgan neft qazib olish su`ratini ta‘minlaydigan va minimal kapital 
xarajat bilan oxirgi neftberaoluvchanligi yuqori bo‘lgan sistemani tanlash maqsadga 
muvofiq sanaladi. Ishlash sistemasini boshqarish deganda sistemani yaxshilovchi 
tezkor tadbirlar majmuasi tushuniladi: yangi quduq (ishlatuvchi va haydovchi) 
burg‘ilash; 
quduqni 
ishlash 
sharoitini 
o‘zgartirish(favvora 
usulidan 
mexanizatsiyalashgan usulga o‘tkazish) va boshqalar. 
Neft uyumini ishlash jarayonini boshqarishning asosiy maqsadi- uyumdan 
yuqori temp bilan neft olishda suv-neft yoki gaz-neft chegarasini to‘g‘ri siljishini 
ta‘minlashdir. 
Neft konini ishlash jarayonini boshqarish va tahlil qilish uchun quyidagi 
xaritalar 
tuziladi: 
izobar; 
1m 
qalinlikdagi 
qatlam 
mahsuldorlik 
va 
p‘ezoo‘tkazuvchanlik, o‘tkazuvchanlik koeffitsienti; suvlanganlik va neftlilik 
chegarasi siljishi. Turli davrlarda tuzilgan bunday xaritalarni solishtirish, uyumni 
ishlatish jarayonida qatlamda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini aniqlash, 
hamda uyumni ishlashni normallashtirish uchun zamonaviy yechimlar qabul qilish 
mumkin. 
Suyuqlik qazib olish va qatlam bosimi, jami qazib olingan suyuqlik va gaz 
faktorining o‘zgarishi va shu kabi boshqa bog‘liqliklardan foydalanib boshqa 
grafiklar tuzish mumkin. 


19 
Ishlash grafigi, izobar va suvlanganlik xaritalaridan foydalanib ishlash 
holatini to‘g‘ri baholash va jami qatlam hamda alohida quduqlar bo‘yicha ishlatish 
jarayonini boshqarish mumkin. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling