N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Chegara ortidan suv haydash kengligi 4-5 km uyumlarni ishlatishda tavsiya 
etiladi. Uyum chegarasida ichki va tashqi neftlilik konturlari aniq belgilangan bo‘lishi 
kerak. Uyumlar bir xil tuzilishi, kollektorlik xossalarining yuqoriligi, neftning qatlam 
sharoitidagi qovushqoqligi past, qatlamlarda fatsial aralashuvlar bo‘lmasligi, 
uyumning neftli va chegara orti qismi orasidagi gidrodinamik aloqa juda yaxshi 
bo‘lishi bilan tavsiflanishi lozim. Qazib chiqarish quduqlari tashqi neftlilik 
chegarasiga parallel qatorlar bilan joylashtiriladi, bunda burg‘ulash asosan ichki 
neftlilik chegarasida amalga oshirish tavsiya etiladi. 
Chegara ortidan suv haydashda haydovchi quduqlar tashqi neftlilik 
chegarasiga maksimal yaqinlashtirilgan bo‘lishi kerak, lekin bu masofa haydovchi 
quduqlar orasidagi masofaning yarmidan kam bo‘lmasligi lozim. Neftlilik 


28 
chegarasidan haydovchi quduqlargacha bo‘lgan masofa oshganda mahsuldor qatlamda 
suyuqlikning harakatiga qarshilik ortadi (3.1- rasm). 
1
2
3
4
3.1--rasm.Chegara ortidan suv haydab uyumni ishlash sistemasi: 
Neftlilik chegaralari: 1- tashqi, 2- ichki; quduqlar: 3- haydovchi, 4- qazib chiqarish. 
Chegara bo’ylab suv haydash kengligi 4-5 km, bir xil tuzilishli, qatlamning 
kollektorlik tavsifi yuqori bo‘lgan uyumlar uchun, turli to‘siqlar hosil bo‘lganligi 
sababli uyumning neftli qismi va chegara ortining gidrodinamik aloqasi bo‘lmaganda 
qo‘llaniladi. Bu holda haydovchi quduqlar uyumning neftli qismi chegarasida ichki 
neftlilik chegarasidan minimal masofada joylashtiriladi. Qazib chiqarish quduqlari esa 
chegara ortidan suv haydashdagi kabi neftlilik chegarasiga parallel joylashtiriladi.
1
2
3
4
3.2-rasm. Chegara bo‘ylab suv haydash. 
Neftlilik chegaralari: 1- tashqi, 2- ichki;
quduqlar: 3-haydovchi, 4- qazib chiqarish. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling