N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

3.7-rasm. b) Aylana uyumlarni bloklarga 
ajratib suv haydash. 
Neftlilik chegaralari: 1- tashqi, 2- ichki; 
quduqlar: 3-haydovchi, 4- qazib chiqarish; 
Qatlaam qalinligi va kollektorlik xossasi
bo‘yicha hududi: 5- yuqori, 6 - kichik 
Maydon bo’ylab suv haydab ishlatish tizimi qumtoshlar gilli jinslar bilan 
ahamiyatli 
darajada 
aralashgan 
va 
neftning 
qovushqoqlik 
ko‘rsatkichi, 
o‘tkazuvchanligi, gidroo‘tkazuvchanligi va harakatchanligi ko‘rsatkichi past, 
qatlamning qalinligi katta bo‘lgan uyumlar (ishlatish ob‘ektlari) uchun qo‘llaniladi. 
Bir turli tuzilishga ega bo‘lmagan uyumlarda haydalgan suv nisbatan o‘tkazuvchan
qatlamchalar orqali ketib qolishi mumkin, bu qazib chiqarish quduqlarini muddatidan 
oldin suvlanishiga olib keladi. 


32 
Maydon bo‘ylab suv haydash tizimlarida haydovchi quduqlar va qazib 
chiqarish quduqlari navbatlanadi va ular orasida ma‘lum masofa saqlanadi. Qazib 
chiqarish va haydovchi quduqlarni joylashtirishning quyidagi variantlari mavjud: 
1. 
Quduqlarni chiziqli joylashtirish sxemasi, bunda haydovchi quduqlar 
qazib chiqarish quduqlari qatorlari bilan navbatlanadi. Qazib chiqarish va haydovchi 
quduqlar albatta shaxmat tartibida joylashtiriladi. Qatorlardagi quduqlar orasidagi 
masofa bir vazifani bajaruvchi quduqlar qatori orasidagi masofadan farq qilishi 
mumkin; 
2. 
To‘rt nuqtali sxema, bunda haydovchi quduqlar uchburchakning 
uchlarida, qazib chiqarish quduqlari esa uning markazida joylashtiriladi
3. 
Yetti nuqtali sxema neftning harakatchanligiga qarab tanlanadi, 
haydovchi quduqlar to‘ĝri oltiburchakning uchlarida, qazib chiqarish quduqlari esa 
markazda joylashtiriladi; 
4. 
Besh nuqtali sxema, bunda haydovchi quduqlar kvadratning uchlarida
qazib chiqarish quduqlari esa markazda joylashtiriladi; 
5. 
To‘qqiz nuqtali sxema uyumning bir turligiga qarab tanlanadi, haydovchi 
quduqlar kvadratning uchlari va uning tomonlari o‘rtasida joylashtiriladi, qazib 
chiqarish quduqlari esa markazida. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling