N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


 Suyuqlik - qum aralashmasi yordamida teshish


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

4.4. Suyuqlik - qum aralashmasi yordamida teshish 
Quduq tubi mahsuldor qatlamni ochishda "suyuqlik-qum" teshgichdan 
foydalaniladi. "suyuqlik-qum" teshgichi qalin devorli korpusdan tuzilgan bo`lib, unga 
teshik diametri 3 mm bo`lgan abraziv chidamli materialli kalta quvur buraladi. 
"suyuqlik-qum" perforator quduqqa nasos kompressor quvuri orqali tushiriladi. 
Teshishni boshlashdan oldin NKQ lari orqali shar tashlanadi. Bu shar perforatorning 
o`tuvchi teshigini berkitadi. Undan keyin AN-500 yoki AN-700 nasos agregati bilan 
NKQ orqali quduqqa qumli suyuqlik haydaladi. Haydalgan qumli-suyuqlik faqat
qalin kalta quvur orqali chiqadi. Qum-suyuqlik kontsentratsiyasi 50-100 
kg/m
3
, kvars qumining diametri esa 0,3-0,8 mm. Kalta quvurdan chiqqan qumli 
suyuqlik katta tezlikda abraziv oqim hosil qiladi. Qisqa vaqt davomida 
mustahkamlash quvurlarida, sement toshida va tog‘ jinsida teshik teshilib, quduq 
ustuni mahsuldor qatlam bilan ulanadi (4.7-rasm). 


50 
4.7-rasm. Suyuqlik-qum 
oqimli perforator. 
1 – dumli pero; 
2 – korpus; 
3 – sharikli klapan; 
4 – ushlab turuvchi kalta 
quvurcha;
5 – каlta quvurcha; 
6 – bekitib qo‘yuvchi. 
Kalta quvur diametri, ularning soni va haydaladigan suyuqlikning tezligiga 
bog‘liq holda teshilgan teshikning chuqurligi 40-60 mm gacha yetadi. Bunda sement 
toshining germetikligi ta`minlanishi kerak. "Suv-qum oqimli" usul bilan teshishda 
quduq ustida 40 MPa bosim hosil qilinadi. Bitta nasadkada qumli-suyuqlikni 
haydalish darajasi 3-4 l/sek, nasadkada oqimning hajmiy tezligi 200-300 m
3
/kun, 
bosimlar farqi esa 18-20 MPa gacha yetadi. Bitta oqimni perforatsiya qilish 15-20 
minut davom etadi. Berilgan oraliq teshilgandan so`ng perforator ko`tariladi va 
navbatdagi oraliqqa o`rnatiladi va jarayon takrorlanadi.
"Gidro-qum oqimli" teshgich mustahkamlash nasos kompressor quvurni va 
burg‘ilash quvurlarini kesishda, sement stakanini va qumli toshli qattiq tiqinlarni 
buzishda, hamda qatlamda yoriqli teshiklarni bajarishda qo`llaniladi. 
Teshishning bu usuli quduq devoriga yo‘naltirilgan maxsus teshgich 
uchligidan suyuqlik qum aralashmasi katta tezlikda harakatlanishidagi kinetik 
energiyasi va devorni yemirish xususiyatiga asoslangan. Qisqa vaqt ichida 
mustahkamlovchi quvurlar tizmasi, sement halqa va qatlamda teshik yoki ariqcha 
simon kanal hosil qiladi. 


51 
4.8-rasm. Qatlamni suyuqlik-qum 
aralashmasi bilan teshish sxemasi. 
Suyuqlik-qum aralashmasi quduq usti atrofiga o‘rnatilgan nasoslar yordamida 
nasos kompressor quvurlari bo‘ylab teshgich uchligiga yo‘naltiriladi. Bu usul yangi 
burg‘ilangan quduqlarda mahsuldor qatlamni teshishda hamda ishlatish quduqlarining 
mahsuldorligini oshirish uchun teshishda ishlatiladi. 
Qum suyuqlik aralashmali teshish usulidan quduqda bir qator ishlarni 
bajarishda ham qo‘llaniladi: 
-quduqda mustahkamlovchi quvurlar tizmasini, NKQni, burg‘ilash quvurlar 
tizmasini teshishda; 
-quduqdagi metall, sement stakanlarini va qattiq qumli tiqinlarni buzishda; 
-quduq tubi atrofini kengaytirishda. 
Gidroperfaratorda uchlikni va tiqinni ushlagich uchun 10 ta ignachaga ega 
bo‘ladi. Uchlikni ushlagich keng tashqi gaykaga ega bo‘lib, u teshgichni 
haydalayotgan ishchi agentning qaytib yemirishdan saqlash uchun mo‘ljallangan. 
Ushlagich gaykasi va uchlik ishdan chiqqanda boshqasiga almashtiriladi. 
Teshgich uchligi o‘lchami diametri 4,5 mm va uzunligi 20 mm bo‘lib, 
yemirilmaydigan materialdan tayyorlanadi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling