N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Porshenlash. Porshenlashda (svablashda) porshen yoki svab NKQ ga kanatda 
tushiriladi. Porshen pastki qismida yuqoriga ochiluvchi klapani mavjud kichik 
diametrli (25-37,mm) quvurdan tayyorlanadi. Quvurning tashqi yuzasi elastik rezinali 
manjet (3-4 dona) bilan jixozlangan bo‘ladi. Porshenni suyuqlikka tushirishda klapan 
orqali suyuqlik porshn ustki qismiga chiqadi. Porshen tepaga harakatlanishida klapan 
yopiladi, suyuqlik ustuni bosimi ta‘sirida manjet NKQ ga zich boradi va suyuqlikni 


54 
haydaydi. Porshenning bir ko‘tarilishida suyuqlik sathi ostida botirilgan suyuqlik 
ustunini yer yuzasiga olib chiqadi. Tushirilish chuqurligi tortuvchi kanat 
mustahkamligiga bog‘liq bo‘lib, odatda 75-150 m gacha bo‘ladi. Porshenlash 
tartaniyadan 10-15 marta samarali. Porshenlashda ham quduq usti ochiq bo‘ladi, 
tasodifiy otqinning oldini olish qiyin bo‘ladi. 
4.9-rasm.Porshen: 1- metal shtanga;
2-biriktiruvchi qulf; 3-klapan; 
4-quvurcha; 5-manjet. 
Quduq suyuqligini almashtirish. Alamashtirish favvora hosil bo‘lishi va 
otqinni oldini oluvchi quduq usti jixozlari o‘rnatilib, quduqqa NKQ tushirilgan 
holatda amalga oshiriladi. Burg‘ulashdan chiqqan quduq burg‘ulash ertmasi bilan 
to‘ldirilgan bo‘ladi. Quduqni suv yoki gazsizlantirilgan neft bilan yuvib (to‘g‘ri va 
teskari) quyidagiga teng kichik quduq tubi bosimini olishimiz mumkin: 
(4.1) 
bu yerda: ρ
1
– gilli eritma zichligi; ρ
2
– yuvuvchi suyuqlik zichligi; L – 
tushirilgan NKQ ning chuqurligi; β – quduqning o‘rtacha qiyshayish burchagi. 
Oson o‘zlashtirish mumkin kollektorli va qatlam bosimi katta P
qat

2·g·L·cosβ 
quduqlarni bu usulda o‘zlashtirish mumkin. (4.33) formulasidan ko‘rinib turibdiki 
burg‘ilash eritmasini (ρ
1
=1200 kg/m
3
) neft (ρ
2
=900 kg/m
3
) bilan almashtirilsa, gilli 
eritma hosil qilgan bosimdan 25% maksimal tushishi kuzatiladi. Quduqdagi suyuqlik 
nasos agregati bilan, ayrim holatda burg‘ilash naoslari bilan almashtiriladi. Ayrim 


55 
holatda kondagi quduqlarni o‘zlashtirish amaliyotida xavfsizligi ishonchli bo‘lsa 
bosimni tushirish uchun porshenlash usulidan foydalanib sath pasaytiriladi. 
Kompressor usulida o‘zlashtirish. Bu usul favvora, yarim favvora va ayrim 
holatda mexanizatsiya usulida ishlaydigan quduqlarni o‘zlashtirishda keng 
qo‘llaniladi. Quduqqa NKQ tushirilib, quduq usti favvora armaturasi bilan 
jixozlanadi. Quvurlar oralig‘iga harakatlanuvchi kompressordan kelayotgan 
haydovchi quvur ulanadi. 
Quvur orti qismiga haydalgan gaz, suyuqlikni bashmakkacha bosib, NKQ ga 
tushadi va suyuqlik bilan aralashadi. Buning hisobiga quduq tubidagi bosim tushadi. 
Gaz (havo) sarfini meyyorlab, quvurdagi gazsuyuqlik aralashmasining zichligini 
o‘zgartirish mumkin. P
q.t
qat
bo‘lganda quduqqa tomon oqim hosil bo‘lib, favvora 
yoki gazlift rejimida ishlay boshlaydi. 
O‘zlashtirish quduq usti zichlangan holatda jarayon ko‘rsatkichlari muntazam 
kuzatuv ostida olib boriladi. Bu usulning yaxshi tomoni xavfsiz va qatlamda sezilarli 
bosimlar farqini tezda hosil qilish mumkinligidadir. Yemiriluvchan va nobarqaror 
kollektorlardan tuzilgan quduqlarni kompressor usulida o‘zlashtirish tavsiya 
qilinmaydi. Bundan tashqari chuqur quduqlarda (4500-5500 m) ham kompressor 
usulida o‘zlashtirish tavsiya qilinmaydi. 
Quduq tubidan suyuqlikni yer yuzasiga chiqarish uchun qatlam energiyasidan 
to‘liq foydalanishga NKQ ni filtrning birinchi teshigigacha tushirish orqali erishiladi. 
Suyuqlik sathini NKQ bashmagigacha siqish uchun, ayniqsa chuqur quduqda bir 
necha o‘n megapaskalga siqadigan kompressor kerak bo‘ladi. Bu o‘zlashtirishni 
qiyinlashtiradi. Shuning uchun quvurlar tizmasiga oldindan ma‘lum chuqurlikka 
ishga tushirish teshigi (ishga tushirish muftasi yoki ishga tushirish klapani) teshiladi. 
Quvur ortidan siqilgan suyuqlik, ushbu teshikdan pastga tushganda gaz NKQ ga kirib 
teshikdan yuqoridagi suyuqlikning tarkibiga eriydi. Agar teshik sathida NKQ ichidagi 
bosim P

ga teng bo‘lsa, quduq tubi bosimi P
q
quyidagiga teng bo‘ladi: 
, (4.2) 


56 
bu yerda H – quduq tubi chuqurligi (filtr yuqori teshigigacha); L-ishga 
tushirish teshigi chuqurligi; ρ
1
–suyuqlik zichligi; β-quduqning o‘rtacha qiyshayish 
burchagi. 
Gaz haydashgacha quduq tubi bosimi quyidagiga teng:
, (4.3) 
(4.2)(4.3) larni hisoblab qatlamdagi depressiyani aniqlaymiz: 
, (4.4) 
Kompressor bilan hosil qilinadigan bosim qancha bo‘lsa, L chuqurligi yoki 
NKQ bashmagi shuncha katta bo‘ladi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling