N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
4.2.Quduq tubi jihozlari
Mahsuldor qatlamning ochilish chuqurligi quduqning tuzilmada joylashishiga bog‘liq. 4.1-rasmdan ma‘lumki 1-quduqdan neft olib bo‘lmaydi, bu quduq suvli hududda joylashgan. 2-quduqni yana cho‘qurroq qazib bo‘lmaydi, chunki suvli hududga kirib qolishi mumkin. Tuzilmada eng yaxshi hududda joylashgan quduq 3- quduq hisoblanadi. Chunki pastki suvlari yo‘q, to‘liq qatlamni ochish mumkin, hatto bir necha metr pastroqqa ham tushirish mumkin. Mahsuldor qatlamdan pastga tushirilgan chuqurlikni zumpf deb atash mumkin. Quduq devorlaridan tushgan tog‘ jinslari va gaz bilan aralashib chiqayotgan qum zarrachalari tushib yig‘iladi. Zumpf 42 neft og‘irlik kuchi ta‘sirida qatlamdan quduqqa tomon oqqanda ham kerak bo‘ladi. 4.1-quduq gaz do‘ppisiga tushgan uni ishlatmay to‘xtatib qo‘yish ham mumkin, neft qatlamga tushish uchun yana qazib gaz qatlamini yopib qo‘yish ham mumkin. 4.1-rasm.Antiklinal tuzilmada quduqlarning joylashish tarxi Agar mahsuldor qatlam mustahkam, o‘pirilmaydigan (ohaktosh, qumtosh) tog‘ jinslaridan tuzilgan bo‘lsa, mahsuldor qatlam ochiq holatda qoldiriladi. (4.2-rasm a) (4.2-rasm b) da yanada yaxshiroq quduq konstruksiyasi keltirilgan, bunda ishlatuvchi quvurlar tizmasi mahsuldor qatlamning yuqori chegarasigacha tushirilib sementlanadi. Mahsuldor qatlamni to‘sish uchun oldindan teshiklar hosil qilingan «dumcha» tushiriladi. «Dumcha»ning yuqori qismi ishlatish quvurlar tizmasiga salniklar yordamida mahkamlanadi. Quduq tuzilishini soddalashtirish uchun bir qator tizma tushirilib mahsuldor qatlam sementlanmasdan yuqori qismi manjetli sementlangan tuzilishi qo‘llaniladi.(4.2-rasm.v) Yemiriluvchan tog‘ jinslaridan tuzilgan mahsuldor qatlam to‘liq quvur bilan berkitilib sementlangan bo‘lib, neft qatlamdan quduqqa sizib kirishi uchun teshik hosil qilingan bo‘ladi. Quduqqa tushirilgan oxirgi tizma ishlatish quvurlari tizmasi deb ataladi, uni quduq ustidan quduq tubigacha yoki mahsuldor qatlamni to‘sib turishi uchun quduq tubidan suvni to‘sib turuvchi tizmaning boshmog‘igacha tushirilishi mumkin. Quduqqa tushirilgan bu qismni «dumcha» deb atashimiz ham mumkin. Mahsuldor qatlamga qarshi turgan quvurlar tizmasida teshiklar hosil qilinadi va ularni fil‘trlar deb ataladi. Filtrning vazifasi quduq devorini o‘pirilishdan saqlash va qatlamdan mahsulotni quduqqa tushishini ta‘minlashdan iborat. Quduq tubi tuzilishi va 43 konstruksiyasi har xil bo‘lgan quduqlar mavjud. 4.2- rasm.g)da tasvirlangan tuzilishli quduq eng ko‘p tarqalgan turlardan hisoblanadi. Quduqqa bir vaqtda suv to‘suvchi va ishlatuvchi bitta tizma mahsuldor qatlam tubigacha tushirilib sementlanadi. Mahsuldor qatlam sementlangandan keyin tizma teshiladi. Sement qotgandan keyin uni teshish natijasida ochiq holatdagidek sizish kuzatilmaydi. Sizishni yaxshilash uchun ko‘proq teshik hosil qilinsa, tizmaning mustahkamligiga ta‘sir qiladi. 4.2-rasm. Neft qudug‘i tubi tuzilishi. 1-ishlatuvchi quduqlar tizmasi; 2-sement halqa; 3-salnik; 4-filtr-dumcha; 5- manjetli sementlash teshigi; 6-sementlangan chuqurligi; 7-manjet; 8-hosil qilingan teshik; 9-sement tiqin. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling