N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Suv haydab qatlam bosimini saqlash


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

 
3.2.Suv haydab qatlam bosimini saqlash 
Qatlam bosimini ushlab turish maqsadida uyumning chegara ortki, chegara 
qismiga va chegara ichki qismiga suv haydash usullari qo‘llaniladi. Ayrim hollarda 
chegara ortidan va chegara bo‘ylab suv haydash usuli, chegara ichki qismiga suv 
haydash usullari bilan to‘ldiriladi. Chegara orti, chegara bo‘ylab va chegara ichki 
qismidan suv haydash natijasida uyumga qo‘shimcha energiya bilan ta‘sir qilinadi va 
uyumni yuqori sur‘at bilan ishlashiga yordam beradi. 


26 
Qatlam energiyasini saqlash maqsadida qatlamga sun‘iy ta‘sir etish uchun 
uyumni ishlatishni dastlabki davrlaridan ishchi agent haydaladi. Bu qatlam bosimini 
yuqori darajada ushlab turish, ya‘ni boshlang‘ich qatlam bosimiga yaqinroq, quduqni 
yuqori debitliligini va shu bilan birgalikda neft beraoluvchanlik koeffitsientini yuqori 
bo‘lishini ta‘minlaydi. 
XX asrning qirqinchi yillari o‘rtasida sobiq sovet neftchilari va olimlari 
tomonidan qatlamni ishlatish jarayonida unga suv haydash texnologiyasi joriy 
qilingan va ishlatib ko‗rilgan. 
Neft uyumlarini suv siquvi tarzida ishlatishda chekka va ostki suvlarning 
tabiiy bosimidan foydalaniladi. Qatlam bir xil bo‘lganda harakatlanayotgan chekka 
suvlar fronti tashqi neftlilik konturiga parallel siljiydi. Bunday paytda qazib chiqarish 
quduqlarini tashqi neftlilik konturiga parallel qatorlar bilan joylashtirish 
rejalashtiriladi. 
Ishlatish jarayonida qazib chiqarish quduqlari va uyumning alohida qismlarini 
muddatidan avval suvlanishini bartaraf qilish maqsadida qazib chiqarish 
quduqlarining birinchi qatori ichki neftlilik chegarasida joylashtirilgan. Lekin bunday 
hollarda suvlanish «til» larini hosil bo‘lishi hisobiga neft suvneftli zonalardan kam 
hajmda olinadi, neftberuvchanlik koeffitsienti kamayadi, bu ishlatish tizimi bilan 
uning rejalashtirilgan kattaligi ta`minlanmaydi. Shuning uchun keyingi paytlarda 
qazib chiqarish quduqlarini uyumning suvneftli zonasida ham joylashtirish ko‘zda 
tutiladi. 
Rejalashtirilgan ishlatish tizimlarida ishlatish nazorat qilinsa maksimal neft 
beraoluvchanlik koeffitsientiga erishiladi. Bunda qazib chiqarish quduqlari
mahsulotining suvlanganlik darajasi va jadalligiga katta e‘tibor beriladi. Birinchi qator 
quduqlari suvlanganda ular to‘xtatiladi va qo‘shimcha ichki qator ishga tushiriladi. 
Qatlam suvlarining faol siquvi bilan massiv neft uyumlarini ishlatishda ularni 
qatlamning kesimi bo‘ylab suvlanishi kuzatiladi, SNCh tez siljiydi. Qazib chiqarish 
quduqlarini suvlanish tezligini kamaytirish uchun qatlamning neftga to‘yingan 
oralig‘ini yuqori qismigina perforatsiyalanadi (ochiladi). Bunda avval uyum 


27 
oralig‘ining quyi qismi, so‘ngra tobora yuqori qismlari ishlatiladi. Quduqlar ham 
tobora pastdan yuqoriga suvlanib boradi. 
Neft va neftgaz konlarini ishlatish jarayonida qatlam bosimini ushlab turish 
maqsadida qatlamning geologik sharoitlaridan kelib chiqib turli usullarda suv 
haydaladi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling