N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Halqali qator bo’ylab suv haydash


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Halqali qator bo’ylab suv haydash odatda izometrik, oval shaklidagi
litologik - fizik va sizdirish xossalari tuzilmaning gumbazdan atrof qismiga tomon 
ma‘lum yo‘nalishda o‘zgarishi bilan tavsiflanadigan uyumlarda qo‘llaniladi. Qatlam 
bosimini ushlab turish uchun haydovchi quduqlar uyumning o‘rta qismida halqali 
qator bo‘ylab joylashtiriladi, chegara ortida esa tashqi neftlilik chegarasiga parallel 
joylashtiriladi. Buning natijasida ikkita teng bo‘lmagan maydon hosil bo‘ladi: kichigi-
markaziy qismda va kattasi- haydovchi quduqlarning ikkita qatori orasida (3.6-rasm). 
3.6-rasm. Halqali qator bo‘ylab suv 
haydash. 
Neftlilik chegaralari: 1- tashqi, 2- ichki; 
quduqlar: 3-haydovchi, 4- qazib chiqarish. 
Uyumlarni (ishlatish obektlarini) haydovchi quduqlar qatorlari bilan 
alohida bloklarga ajratib suv haydab ishlatish tizimi kengligi 5 km dan katta 
bo‘lgan, chegarasidagi uchastkalar turli fizik-litologik va sizdirish xususiyatlariga ega 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan uyumlar uchun qo‘llaniladi. Odatda bunday uyumlar katta 
neft zaxiralariga ega bo‘ladi. Bundan tashqari bu ishlatish tizimini o‘lchamlari kichik, 
lekin jinslari ahamiyatli fatsial o‘zgaruvchan, past sizdirish xususiyatlari bilan, qatlam 


31 
neftining qovushqoqligi yuqori, uyum chegaralarida sizilish sharoitlari keskin 
yomonlashishi bilan tavsiflanadigan uyumlar uchun qo‘llash mumkin. 
Bunda ishlatish obektining maydoni haydovchi quduqlar qatorlari bilan 4-5 
km kenglikdagi alohida bloklarga ajratiladi. Ajratish yo‘nalishlari ishlatish 
obektlarining litologik va fatsial tuzilishini umumiy qonuniyatlari hisobga olib 
tanlanadi (3.7- rasm). 
1
2
3

1
2
3
4
5
6
b
3.7-rasm. a) Uyumlarni bloklarga ajratib 
suv haydash. 
1-neftlilik chegarasi; quduqlar: 2-
haydovchi; 3-qazib chiqarish. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling