N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Gazlift quduqlarini ishga tushirish
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
10.2.Gazlift quduqlarini ishga tushirish
Ikki qator ko‘taruvchi quvurlar tushirilgan quduq sxemasi 10.1-rasmda keltirilgan. Ishchi agent bilan ishga tushirishdan oldin quvurlardagi sath bir xil bo‘ladi. 10.1-rasm. Ikki qator ko‘targich bilan jixozlangan quduq sxemasi. 150 Ko‘taruvchi va gaz haydovchi quvurlar oralig‘iga haydalgan siqilgan ishchi agent suyuqlikni ko‘taruvchi quvurlar tizmasiga, ishlatuvchi quvurlar tizmasi va gaz haydovchi quvurlar tizmasi oralig‘iga tomon siqadi. Bu oraliqda suyuqlik sathi ko‘tariladi. Qachon quduq tubi bosimi qatlam bosimidan yuqori bo‘lsa, suyuqlikning bir qismi qatlam tomonga ketadi. Qatlamga yutiladigan suyuqlik miqdori uni siqish vaqtiga va quduqning mahsuldorlik koeffitsiyentiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘taruvchi quvur va gaz haydovchi quvur ortidagi sathning ko‘tarilishi halqali qisimdagi suyuqlik quvur bashmagigacha bostirilguncha davom etadi. Shundan keyingina ishchi agent faqat ko‘taruvchi quvurlar tizmasiga kiradi va undagi suyuqlikni ko‘tarishga yordam beradi. Aralashma sathi chiqish teshigiga yetganda otilib chiqa boshlaydi. Suyuqlikning otilib chiqish vaqtidagi maksimal bosim ishga tushirish yoki bostirish bosimi deb ataladi. Suyuqlik otilib chiqqandan keyin ko‘taruvchi quvur bashmagidagi bosim qatlam bosimidan pasayadi. Quduqdagi bosim tushish evaziga qatlamdan neftning kelishi kuzatiladi.Qatlam va ko‘targich ishining o‘zaro ta‘siri natijasida quvur orti qismida ma‘lum suyuqlik sathi o‘rnatiladi. Bu sathning balandligi quduqdan olinayotgan suyuqlik miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Dinamik sathga bog‘liq holatda ko‘taruvchi quvur bashmagida ma‘lum bir bosim o‘rnatiladi. Ko‘targichning barqaror holatda ishlayotgan vaqtda ishchi agentni haydash bosimi ishchi bosim deb ataladi. 10.2-rqsmda Kompressor qudug‘ini ishga tushirish va ishlatishda ishchi agentning tipik egri chiziqli o‘zgarishi keltirilgan. Diagrammadan ko‘rinib turibdiki ishga tushirish boshlanishida bosim faqat ko‘tariladi va maksimumgacha erishadi, shundan keyin pastga tushadi, yana ko‘tarilib ma‘lum chegara o‘rnatiladi. Egri chiziq kon kuzatuvlari asosida tuzilgan. 151 10.2-rasm. Kompressor qudug‘i tipik ishga tushirish diagrammasi Ishga tushirish bosimining kattaligi ko‘targich konstruksiyasiga, haydovchi va ko‘taruvchi quvurlar tizmasining tushirilish chuqurligiga, quduq va tushirilgan quvurlar diametriga, shu bilan birgalikda ishga tushirishdan oldingi suyuqlik sathiga bog‘liq bo‘ladi. Dastlab halqali tizimda ishlatiladigan ikki qatorli ko‘targichni ishga tushirish bosimini aniqlaymiz. Quyidagi belgilashlarni amalga oshiramiz (10.3-rasmga qarang): ko‘taruvchi quvur diametri d 1 ; gaz haydovchi quvur diametri d 2 ; ishlatuvchi quvurlar diametri D. Ko‘taruvchi quvurning statik sath ostida botishi h‘=L-h st . Halqali qisimga ishchi agentni haydaymiz, halqali qismdan suyuqlikni ko‘taruvchi quvurga va quvur orti qismiga siqib chiqaradi. Suyuqlik gaz haydovchi va ishlatuvchi quvurlar oralig‘ida Δh balandlikka ko‘tariladi. Qatlamga suyuqlik singmaganda ishga tushirish bosimi suyuqlikning h‘+Δh balandlik bilan muozanatlanishi kerak. Halqali tizimdan ko‘taruvchi quvur va quvur ortiga siqlilgan suyuqlik miqdori quyidagiga teng: (10.1) Tenglamaning o‘ng va chab qismini qisqartirib quyidagiga ega bo‘lamiz (10.2) Bu tenglamadan aniqlaymiz 152 (10.3) Endi ishga tushirish bosimini aniqlaymiz: (10.4) Bu formulaga aniqlangan Δh ni qo‘yib quyidagini olamiz (10.5) Ishga tushirish bosimini aniqlash formulasida diametrlar kvadratlari nisbati foydalanilgan, ularda har qanday birliklardan foydalanish mumkin (metrda, santimetrda va boshqalar). Endi bir qatorli ko‘targich uchun ishga tushirish bosimini aniqlaymiz. D- katta quvur diametri, d - kichik quvur diametri; h ‘ -statik sath ostida botirilishi; Δh- bostirish orqali sathning ko‘tarilish balandligi. Dastlab halqali tizim uchun Δh ni aniqlaymiz: (10.6) Tenglamaning o‘ng va chap qismini qisqartirib quyidagiga ega bo‘lamiz Bundan Ishga tushirish bosimini aniqlaymiz (10.7) Markaziy tizim uchun (10.8) Tenglamaning o‘ng va chap qismini qisqartirib quyidagiga ega bo‘lamiz Bundan 153 Ishga tushirish bosimini aniqlaymiz (10.9) Bir qatorli halqali tizimli ko‘targichda halqali bo‘shliq hajmining ko‘taruvchi quvur hajmidan juda kattaligi hisobiga, halqali tizimda sathning uncha katta bo‘lmagan pasayishi ta‘sirida ko‘targichdan suyuqlik ko‘proq ko‘tarilishi kuzatiladi. Bir qatorli ko‘targich uchun ishga tushirish formulasi xulosasidan ko‘rinib turibdiki halqali tizimdan siqilgan suyuqlikning barchasi ko‘taruvchi quvurga o‘tadi. Bunday holat uchun ishchi agent halqali tizimdan bashmakkacha bostirilishida, ishga tushirish bosimi ko‘taruvchi quvurlar tizmasidagi suyuqlik ustuni bosimiga teng bo‘ladi, yani. (10.20) bu yerda L-ko‘taruvchi quvur uzunligi. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling