N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Ishchi va oxirgi klapanlar. Ishlatish jarayonida qatlam bosimining tushishi
natijasida quduq tubi bosimi tushadi. Bu o‘znavbatida quduqda suyuqlik sathini pasaytiradi va ko‘taruvchi quvur botirilish chuqurligini kamaytiradi. Shuning uchun kompressorlar ishchi bosimi to‘liq foydalanilmaydi. Suyuqlik debitini bir xil saqlash uchun, sath ostida botirilish chuqurligini o‘zgaras bo‘lishini ta‘minlash kerak bo‘ladi. Bu jarayonni quduqni ishlatish vaqtida amalga oshirish juda qiyin kechadi. Bu muammoni yechish uchun ko‘taruvchi quvurga ishchi klapan o‘rnatiladi. Taqsimlovchi tarmoqda gazning bosimi u yoki bu sabablarga ko‘ra o‘zgarsa ishchi klapanni o‘rnatish tavsiya qilinadi. 157 Birinchi klapanni o‘rnatish chuqurligi 10.20-formuladan aniqlanadi. Gaz taqsimlovchi tarmoqdagi ishchi bosimdan to‘liq foydalanish uchun ishchi klapani har 45-50 m ga o‘rnatiladi. Ko‘p holatlarda ishchi klapan sifatida ishga tushirish klapanidan foydalaniladi. Masalan Y-1-M klapaniga ayrim o‘zgartirishlar kiritib ishchi klapan sifatida foydalanish mumkin. Ishga tushirish klapanini yig‘ishga nisbatan, ishchi klapanni yig‘ish nipel 7 holatini o‘zgarishi bilan farq qiladi. Ishchi klapan nipeli 7 teskari aynaltirilgan bo‘lib, klapin sedlosiga katta yuza bilan joylashadi va yopuvchi bosimlar farqning kichik bo‘lishiga olib keladi. Kompressor usulida ishlatishda ishchi agentni ko‘taruvchi quvurga kiritish ochiq bashmakdan emas, undan 50-60 m yuqoriroq joylashgan oxirgi klapandan amalga oshirish maqul hisoblanadi. Bu quduqni ishlatishdagi pul‘satsiyni yo‘qatadi. a b 10.5-rasm. Oxirgi klapan sxemasi a: 1-diflektor; 2-klapan; 3-sedlo; 4-prujina; b:1-nipel ; 2-kalapan; 3-korpus; 4- prujina; 5-prujina qalpog‘i; 6-deflektor. 10.5-rasmda oxiirgi klapan sxemasi keltirilgan. Xususan klapan 2 prujina 4 bilan sedlo 3 ga tegib turadi. Bu holatda klapan yopiq bo‘ladi.Gaz quvur ortidagi suyuqlikni klapandan pastga siqqandan keyin, quvur va quvur orti bosimlar farqi 100- 150 kPa ga yetadi, klapan ochiladi va gaz deflektor 1 orqali quvurga kira boshlaydi. 10.5-rasmda ko‘rsatilgan klapanda bosim 100 dan 130 kPa gacha o‘zgarganda o‘tish 158 teshigi maydoni 0 dan 150 mm 2 gacha o‘zgaradi. Shunday qilib klapan orqali quvurga faqat gaz kiradi va bashmakdan faqat suyuqlik kiradi. Oxirgi klapan sifatida Y-1-M klapanidan foydalanish ham mumkin. Bu klapanda (10.4-rasm) halqa 9 to‘liq olib tashlanadi yoki nipel 10 ning teshigi to‘liq ochiladi. Nipel 7 ni teskari qilib mahkamlanadi, shuning hisobiga gaz nipel 10 ning teshiklaridan kirish bilan birgalikda nipel 7 dan ham kiradi. Barcha teshiklar kesimi yuzi 120 mm 2 ga teng bo‘ladi. 10.6-pasm. Chuqurlik klapanining ishlash sxemasi 10.6-pasmda ishga tushiruvchi s n ishchi s p va oxirgi klapanlar s k bilan jixozlangan kompressor qudug‘i ishlash sxemasi keltirilgan: a – o‘zlashtirish boshlanishidan oldingi quduq; b – quvur ortidagi suyuqlik s n1 ishga tushirish klapanigacha bostirilgan; ko‘taruvchi quvur orqali suyuqlikning birinchi qismi yer yuzasiga chiqarilgan; v- quvur ortidagi suyuqlik s n2 ishga tushirish klapanigacha bostirilgan; bu vaqtda s n1 klapan yopiq, gaz klapan s n2 orqali kiradi; g- quduq gazni ishchi klapan s p1 orqali haydab ishlatilmoqda; barcha ishga tushirish klapani yopiq; 159 d- ko‘targichning ishlash sharoyiti o‘zgarishida (qatlam bosimi tushganda, gaz taqsimlovchi setda bosim ko‘tarilganda) quduq s p2 ishchi klapani bilan ishlatiladi. Ko‘targichning ish rejimi o‘zgarishi natijasida ishchi klapanlar ketma - ket ishga tushadi, bu vaqtda yuqoridagi klapanlar bosimlar farqi ta‘sirida yopiladi. e- suyuqlik sathi oxirgi klapandan tushgandan keyin gaz ko‘taruvchi quvurga faqat doim ochiq turadigan oxirgi klapandan s k kiradi. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling