N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov
Parafin yotqizig’i bilan kurashishning kimyoviy usullari
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик
Parafin yotqizig’i bilan kurashishning kimyoviy usullari.
Parafin yotqizig’i bilan kurashishning kimyoviy usullari ikkita asosiy yo’nalishda yuzaga keladi va rivojlanadi: - smolaparafinli yotqiziqlarni organik erituvchilar va suvli erituvchilar bilan sirt faol moddalar kompozisiyalar bilan eritish; 187 - smolaparafin yotqiziqlarini hosil bo’lish jarayonini chegaralovchi, kimyoviy moddani qo’llab parafin yotqizig’i hosil bo’lishini oldini olish. Bunday parafin yotqizig’iga qarshi kurashish tasnifi, parafin yotqizig’i hosil bo’lishi va oldini olish bo’yicha amaliy usullar asosida tuzilgan bo’lib shuning uchun rasmiy hisoblanadi. Kon jixozlari parafinlanishining belgilangan asosiy mexanizmidan kelib chiqib, parafin yotqiziqlari bilan barcha kurashish usullarini fazalarning (neft-parafin-jixozlar yuzasi) fiziko-mexanik xossalari bo’yicha ta’sirlashishiga asoslanib tasniflash maqsadga muvofiqdir: 1).parafinning neftda eruvchanligi; 2) parafin yotqizig’ining tuzilishi va mustahkamlik xususiyatlari; 3) neft hajmida muallaq holatdagi parafin kristallarining o’zaro va jixozlar bilan ta’sirlashish energiyasi; 4) parafin kristallari va ular ro’y beradigan yuzadagi molekulyar bog’liqlik energiyasi. To’rtinchi guruh usullarini qo’llab, parafin yotqiziqlari bilan kurashish muammosini yuqori darajada yechish mumkin. Bunga himoya qoplamasini qo’llash va kimyoviy prisadkalar qo’shish orqali erishiladi. Amalda bir-birini to’ldiruvchi har ikkala usuldan foydalaniladi. Ingibitorni qo’llashdan oldin quduqni obdan tayyorlash, yani NKQni, armaturani va tashlama quvurni tozalagich bilan smolaparafinli yotqiziqdan tozalash. Quduq tayyorlangandan keyin smolaparafinli qoldiqni oldini olish uchun ingibitordan foydalaniladi. Neft tarkibiga bog’liq bo’lgan, ASPQ tarkibidan kelib chiqib parafin hosil bo’lishini oldini olish va bartaraf qilish uchun kimyoviy reagentlar turi tanlanadi. Kimyoviy reagentlarni tanlash ekspremental tadqiqotga asoslanadi. Parafinli yotqiziqlarni kimyoviy usulda tozalash mohiyati buzib yoki eritib olishga asoslangan bo’ladi. Bu maqsadda qo’llaniladi: nafaqat qattiq uglevodorodlarni, balki asfaltosmolali moddalarni eritish xususiyatiga ega organic erituvchilar; parafinli yotqiziq bilan uchrashganda qatlamga chuqurroq kiradi va smolaparafinli aralashmani parchalovchi SFM ning suvdagi ertmasi. Parafin yotqizig’ini eritishning samarali usullaridan biri erituvchilarni qo’llash usuli hisoblanadi. Eritma miqdori quduqda o’rtacha haroratda parafinning erish 188 miqdoridan kelib chiqib olinadi. Parafinning eruvchanligi uning eruvchanlik haroratiga t er , erituvchining qaynash haroratiga t qay , erish haroratiga bog’liq bo’ladi va quyidagicha ifodalanadi: , 4673 . 7 00586 . 0 133 . 0 к пл t t t LnK (XIII.1) bu yerda K - erituvchida parafinning eruvchanligi, kg/kg. Erituvchi va eruvchi SFM kompozitsiyasi yuqori haroratda samarali tasir ko’rsatadi. Amalyotida parafin yotqiziqlarini olishning kimyoviy usuli issiqlik va mexanik usullarga nisbatan ko’proq qo’llaniladi. Bu usulda ko’proq texnologik va iqtisodiy samaraga erishiladi, natijada jarayonning tezroq va smolaparafinli yotqiziqni to’lig’roq olish imkonini beradi. Kimyoviy usulda boshqa usullarga nisbatan xavsizlik texnikasiga qo’yiladigan talablar ko’proq qo’yiladi. Bunday yotqiziqlarni juda ko’p parafinlangan quvur o’tkazgichni tezlik bilan tozalash, parafinli tiqin hosil bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Bunday obektda ikki yoki uch bosqichli tozalashdan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda odatdagi haroratli olgich bilan, keyin smola parafinli yotqiziqni olish uchun issiqroq (60-70 o C) olgich bilan tozalanadi. Yengil uglevodorodli erituvchilar qizdirmasdan foydalaniladi. Parafin yotqizig’ini hosil bo’lishini oldini olish uchun har xil ta’sir qilish mexanizmli turli kompozitsiyali kimyoviy moddalardan foydalaniladi. SFM lar asosidagi kompozitsiyasi jixozlar yuzasini ho’llovchi hisoblanadi. Quduqda bunday kimyoviy moddani doimiy qo’shish jixozlar yuzasida parafin yotqiziqlari hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaydigan gidrofil plenka hosil qiladi. Parafin yotqiziqlarini hosil bo’lishini oldini olish va kristallar ko’payishini oldini olish uchun kimyoviy reogent-depressator qo’llaniladi. Parafin yotqizig’iga to’sqinlik qiluvchi parafinning kristall strukturasini o’zgartiruvchi kimyoviy reogent modifikatorlardan foydalaniladi. Neft va gazni qazish, saqlash va uzatishda parafin yotqiziqlarini bartaraf etish uchun quyidagilar bajariladi: - quvur o’tkazgichni teploizolyatsiya qilish; 189 - neftni qizdirish; - qatlam bosimini gazsizlanishi boshlanish bosimidan yuqori saqlash; - neftni barqaror turbulent rejimda qazib olish; - neftli erituvchilardan foydalanib, neftning erituvchanligini oshirish; - samarali qoplash; - elektromagnit maydon yoki ultratovush; - parafin yotqizig’i ingibitori. Neft qazib olishda parafin yotqiziqlarni oldini olish usullari o’zining samarali qo’llanish imkoniyatiga ega. Parafin yotqiziqlari ingibitor isifatida qo’llaniladigan kimyoviy birikma va kimyoviy reogent ta’sir mexanizmi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi: - adgezion (ho’llovchi, gidrofillovchi, qoplovchi) ta’sirli; - modifisiyalovchi (depressorli) ta’sirli; - yuvuvchi (kompleks, ko’p fazali detergent tasirli). Ingibitorlar ta’sir mexanizmi adsarbsiyon ta’sir neft koni jixozlari polimer yuqori molekulyar metal yuzasini polyar adsorbsiyon qavat bilan gidrofillashga asoslanadi. Bu qavat polyar bo’lmagan parafinli neft fazasi uchun moylovchi bo’lib, u jihozlar yuzasiga parafin yotqizig’ini cho’kishini kamaytiradi. Ingibitorlar o’zgartiruvchi ta’siri bilan qattiq modda hosil bo’lishida parafinlarning kristal tuzilishini o’zgartiradi. Buning natijasida bir biri bilan strukturali brikmagan, rivojlanmagan parafin kristallari hosil bo’ladi. Yuvuvchi turidagi ingibitorlar ta’siri quyidagilardan iborat: - ingibitorlar bevosita neftda yoki suv-ingibitor-neft chegaralari fazasida eriydi; - fazalar o’tish vaqtida, qattiq holatga o’tishda SFM lari alkanli bloklari parafin yotqiziqlarida tarqalib joylashib, ular bilan kristallashadi; - gidrofil blok jixozlar devoridagi suv fazasi yuzasida kontsentrasiyalanadi; - gidrofob blok neft fazasi yuzasida kontsentrasiyalanadi; - qutubli anion va kationli SFM guruhi kristallar ko’payishiga olib keladi; 190 - ingibitorlar metal yuzasiga yengil adsorbsiyalanib, qatlam suvi va nefti oqimi bilan oson yuviladi. Ingibitor quduq mahsuloti bilan harakatlanib parafinyotqizig’ini kichikdispers holatda saqlaydi va neft koni jixozlari devoridan hosil bolgan kristallarning yuvilishini ta’minlaydi. Parafin yotqizig’ini detergent-oluvchilar ta’siri quyidagicha. Asfalt smolali yotqiziq erish haroratida (50-80 o C), SFM uni yuvadi va qayta hosil bo’lishining oldini oladi. Adsorbsiya ta’sirli ingibitorlarni qo’llash texnologiyasi asosida neft koni jixozlarini reagentning suvdagi eritmasi bilan davriy yuvib turish turadi. Aralashib ketuvchi ingibitorlar qo’llash texnologiyasi qotish haroratini pasaytirish va neftning reologik xossalarini yaxshilashga asoslangan bo’ladi. Jarayon parafinning hosil bo’lish haroratidan yuqori haroratda uzluksiz haydab turish orqali amalga oshiriladi. Yuvuvchi tasirli ingibitorlarni qo’llash texnologiyasi quvur devoir yoki ichida hosil bo’lgan kristallarni, parafin hosil bo’lish haroratidan yuqori haroratda uzluksiz haydab yuvishga asoslanadi. Neft koni jixozlari yuzasidan parafin yotqiziqlarini olishning kimyoviy usuli hozirgi kunda keng qo’llanilayotgan usullardan sanaladi. Bunday maqsadda kimyo sanoati eritma ko’rinishidagi – chiqindilaridan foydalaniladi. Samarali eritmalar sifatida geksanli fraksiya, butilbenzinli fraksiya, yengil peroliz smolasi va uning kompozisiyasi va boshqalrdan foydalaniladi (XIII.1-jadval). Erituvchilar XIII.1-jadval Erituvchilar Erituvchanlik qobilyati, % og’ir. yengil peroliz smolasi 78 Benzin 82 Benzol fraksiyasi 80 Butan ishlab chiqarishdagi qoldiq 46 Nefras-P-150/330 64 Adsorbent A-1 52 191 Neft yig’uv kollektori va tashlama quvurlarini parafinsizlashtirishda eritma muvoffaqiyatli qo’llaniladi. Tashlama quvurni parafinsizlantirishda tozalanadigan oraliq to’lgincha eritma haydaladi va 3-4 soat ushlanadi va keyin quduq ishga qo’shiladi. Amaliy tajrib bo’yicha 1 km uzunlikdagi tashlama quvurga 5 m 3 eritma haydash kerak bo’ladi. Iqtisodiy jihatdan eritmani qo’llash issiq neft yoki suv asosli SFM bilan 4-5 marta yuvulgandan keyin qo’llash yaxshi hisoblanadi. Qatlam flyudlarining fizik-kimyoviy xususiyatlaridan kelib chiqib har bir kon uchun u yoki bu parafinsizlantrish usullaridan foydalaniladi. Parafin yotqizig’i bilan kurashish usulini tanlashda bir yo’la uning oldini olish choralari ham ko’rilishi kerak bo’ladi. Download 2.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling