185
XII-bob bo`yicha xulosa
Bu bo’limda
neft va gazni tashish usullari, neft, gaz mahsulotlarini tashish
usullari, temir yo`l transportida neft mahsulotlarini tashish,
suyultirilgan gazlarni
temir yo`l transportida tashish, suv transporti orqali tashish, suyultirilgan gazlarni suv
transportida tashish, suyultirilgan gazlarni quvurlar orqali tashish, suyultirilgan
gazlarni avtomobil transportida tashish haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
186
XIII-bob. Neftni qizdirish
XIII.1. Parafin yotqiziqlari tarkibi
Parafinli yotqiziq tarkibi, neft tarkibi va termodinamik sharoitiga bog’liq
bo’lib, unga ko’ra shakillanadi. Neft harorati pasaytirilishi hisobiga bir muncha
yengil
qotadigan uglevodorodlar, keyin barcha qotadigan uglevodorodlar
kristallanadi. Shunday qilib bitta quduqda parafin yotqiziqlari tarkibi ham har xil
bo’lishi mumkin.
Ular asfalten, smola va qattiq uglevodorod tarkiblariga ko’ra
farqalanadi. Qatlam qalinligi bo’yicha parafin tarqalishi har xil bo’lishi jarayonning
xarakterli xususiyatlaridandir. Yotqiziq qalinligining devor yaqinida parafin ko’proq
bo’ladi. Bu shuni ko’rsatadiki yotqiziq yig’ilishida qalinlik ichki qismida parafin
qayta kristallanadi. Yotqiziq zichlanadi, suyuqroq qismi siqib chiqariladi. Ko’pincha
parafin yotqizig’ida suv va mexanik qo’shimchalar bo’ladi. Quyidagi tarkib bilan
parafin yotqiziqlari tavsiflanadi: parafinlar (
10-75%), asfal’tenlar (
2-5%),
smolalar
(
11-30%), aloqador neft (
60% gacha), mexanik qo’shimchalar (
1-5%).
Neft tarkibida metan qatori qattiq uglevodorodlari bilan bir qatorda, davriy
tuzilishli va normal va izoparafin bog’lamli moddalar ham bo’ladi. Bu
uglevodorodlar serezin tarkibiga kiradi.
Serezinlar- bu tarkibi va xossasi bilan parafindan farq qiluvchi yuqori eruvchan
uglevodorodlardir.
Parafinlar erish harorati 45-54
o
C, serezinlarniki
65-88
o
C.
Parafinlar plastinka va plastinkali lenta ko’rinishida oson kristallanadi; Serezinlar
kichik ignasimon tuzilishga ega va qiyin kristallanadi.
Parafinlar qaynash harorati
550
o
C gacha, serezinlar
600
o
C dan yuqori. Serezinlar kimyoviy aktivligi yuqori.
Neftni tahlil qilishda parafin va serezinga bo’lmasdan, qattiq parafinli
uglevodorodlarning umumiy tarkibi bo’yicha baholanadi.
Neft tarkibidagi parafinlar holati bosim va haroratga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: