N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIII-bob bo`yicha xulosa
- XIV-bob. Yuqori qovushqoqli neft va neft mahsulotlarini haydash XIV.1. Sulyultiruvchilar bilan haydash
Nazorat savollari:
1. Parafin yotqizig’i bilan kurashishning kimyoviy usullari? 2. Neftni qizdirishning asosiy holati? 3. To‘la issiqlik o‘tkazish koeffitsientini aniqlang? 4. Neft mahsulotini alohida – alohida haydashusullsri? 5. Ketma – ket haydashda aralashma hosil bo`lishini oldini olish. 6. Turbulent va laminar oqimlar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. XIII-bob bo`yicha xulosa Bu bo’limda neftni qizdirish, parafin yotqiziqlari tarkibi, parafin yotqizig’i bilan kurashishning kimyoviy usullari, neftni qizdirishni asosiy holati, to‘la issiqlik o‘tkazish koeffitsientini aniqlash, neftni quvurlarda tashishda qizdirish, neft mahsulotini alohida – alohida haydash, ketma – ket haydashda aralashma hosil bo`lishi, turbulent va laminar oqimlar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. 200 XIV-bob. Yuqori qovushqoqli neft va neft mahsulotlarini haydash XIV.1. Sulyultiruvchilar bilan haydash Ko`p hollarda qazib olinayotgan neftning oddiy sharoitda qovushqoqligi yuqori bo`lishi yoki tarkibida parafin va smolalarning miqdori ko`p bo`lishi, ularni ma‘lum yuqori haroratda ham qotishiga olib keladi. Bunday neftlarni oddiy sharoitda quvurlar orqali haydash qiyinchiliklar tug`diradi. Ularni haydash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: - qovushqoqligi yuqori bo`lgan neft va neft mahsulotlarini, qovushqoqligi past neft va uning mahsulotlari bilan aralashtirilib birgalikda haydash; - suv bilan aralashtirilib haydash (gidrotransport); - yuqori haroratda qotuvchan parafinli neft va uning mahsulotlarini issiqlik bilan ishlab, keyin haydash; - taxminan qizdirilgan neft va uning mahsulotlarini tarkibiga o`zgartiruvchilar (prisatkalar) qo`shib haydash; - haydalayotgan yuqori qovushqoqli neft va uning mahsulotlarini fizik xossalarini (qovushqoqligini, qotish haroratini) tarkibiga suyultiruvchilar qo`shib yaxshilash mumkin. Suyultiruvchilar sifatida: kondensatlar, benzinlar, qovushqoqligi kichik bo`lgan neftlar ishlatiladi. Agar bir kondan turli neftlar qazib olinadigan bo`lsa (yuqori qovushqoqli, yuqori parafinli va kam qovushqoqli), ular aralashtirilganda, aralashmaning qovushqoqligi va qotish darajasi kamayadi. Bu o`z navbatida ularni kerakli masofaga uzatish imkoniyatini yaratadi. Birinchidan qo`shilgan suyultiruvchilarning parafini ko`p bo`lgan neftlarning kimyoviy xossalariga bo`lgan ta‘siri quyidagicha sodir bo`ladi: Birinchidan, neft tarkibidagi parafini qo`shilgan suyultiruvchi tarkibida erishi natijasida, ularning umumiy hajmi tarkibidagi konsentrasiyasi va tegishlicha miqdorda qovushqoqligi ham kamayadi. Ikkinchidan, suyultiruvchi sifatida kichik qovushqoqli neft ishlatilganda, uning tarkibidagi asfalt – smola ko`rinishidagi moddalar yuqori parafinli neftlar tarkibidagi 201 neft kristallarini o`sishiga halaqit beradi (o`stirmaydi). Natijada aralashmaning qovushqoqligi va qotish harorati kamayadi. Ma‘lum bir yuqori parafinli neftlar tarkibi 70% gacha suyultirilgan. Qovushqoqligi yuqori neft va neft mahsulotlarini benzin, kerosin va kondensatlar bilan suyultirish amalda ishlatilmaydi. Buning asosiy sababi neft kon havzasidan toki mahsulot omborlari (yoki neftni qayta ishlash zavodi) gacha quvurlar qurish uchun katta mablag` talab etiladi. Download 2.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling