203
yuqori qovushqoqli parafinli neft va uning mahsulotlarini
qovushqoqligi va qotish
harorati past bo`lib, ularning quvurlar orqali kam qovushqoqli neftlar kabi haydash
imkoniyati yaratiladi.
XIV.4. Neftlarni prisatkalar bilan haydash
Keyingi paytlarda yuqori parafinli neftlarning reologik
xossalarini yaxshilash,
ularning tarkibiga neftda eruvchan mahsulot prisatkalar qo`shish orqali amalga
oshirilmoqda. Bu ishlar neftlarni quvurga haydashdan oldin bajariladi. Agar tarkibi
massa og`irligi 0,02:0,2 foizli prisatka qo`shilsa, yuqori haroratli
qotuvchi parafinli
neftlar Nyuton suyuqligiga o`xshab qoladi. Sanoat miqiyosida prisatkalar vazifasida
kukunsiz (bezzolin) etilen sapolimentlari va metakril kislotasining murakkab efirlari
asosidagi prisatkalar ishlatilmoqda.
Qo`shilgan prisatkalarni depressorlik ta‘sirlar mexanikasi
hozircha juda aniq
emas. Taxminlarga ko`ra cho`kayotgan parafin kristallarining yuzasiga prisatka
molekulalari adsorbtsiyalari ularni o`sishiga xalaqit beradi. Natijada yuqori depressor
darajali va ko`p sonli mayda kristalli parafin suspenziyasi hosil bo`ladi. Undan
tashqari prisatka molekulalarining hajmi kattaligi
va tarmoqli strukturaga ega
bo`lishligi, parafin kristallarining mustahkam panjara hosil qilishiga ta‘sir ko`rsatadi.
Prisatkalarni qo`shishdan oldin parafinlar neftdagi bir jinsli eritmani hosil bo`lguniga
qadar qizdirish kerak.
Prisatkali neftlarni quvurlar orqali haydalganda issiqlik stantsiyalarida qizdirish
kerak bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: