N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


XIV.5. Taxminan isitilgan neft va neft mahsulotlarinihaydash


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

 
XIV.5. Taxminan isitilgan neft va neft mahsulotlarinihaydash 
 (issiq haydash) 
Qovushqoqligi yuqori va yuqori haroratda qotuvchi neft va uning 
mahsulotlarini taxminan isitib quvurlar orqali haydash ko`p qo`llaniladigan 
usullardan biri hisoblanadi. Buni “issiq haydash” deyiladi. Buda neft yoki uning 
mahsulotlari quvurning bo`sh punktida kompressor va nasos yordamida magistral 
quvurga haydaladi. Magistral quvur trassasi uzunligini har 25-100 km.gacha bo’lsa 
mahsulot soviydi va qaytadan isitish uchun issiqlik stantsiyalari ishlatiladi. Quyidagi 


204 
chizmada issiq haydash (issiq quvur) ning texnologik chizmasi kiritilgan
 
(XIV.2-
rasm).
XIV.2-rasm. Issiq magistral quvurining texnologik chizmasi: 
1–quvuri; 2–rezervuar saroyi; 3–nasos, 4–qo`shimcha isituvchi;5–asosiy nasos; 6–oraliq issiqlik 
stantsiyalari; 8–9–issiqlik stantsiyasi; 10–11–oraliq issiqlik stantsiyasi; 12–neftni qayta ishlash 
zavodining xom ashyo saroyi. 
 
Issiq haydashning texnologik jarayoni quyidagicha. Neft kon issiq quvur (1) 
orqali bosh haydovchi stantsiyaning rezervuarlar saroyiga uzatiladi (2). 
Rezervuarlarda qizdirilib, qo`shimcha isituvchi jihozga (4) beriladi. U yerdan neft 
oqimi quvurning asosiy nasosiga (5) kelib, u orqali neft magistral quvuriga haydaladi. 
Neft quvur bo`yicha harakati davomida sovib boradi va ma‘lum navbatda ishqalanish 
yo`qotishni oshishini sodir etadi. Neftni ma‘lum masofaga tashish (jo`natish) uchun 
quvur uzunligida oraliq issiqlik stantsiyalari isitiladi. Agarda neft uzoq masofaga 
haydaladigan bo`lsa, oraliq issiqlik qurilmalari quriladi (8). Bu issiqlik stantsiyasi (9) 
bilan birga bo`ladi. Texnologik chizmada yana 2 ta oraliq issiqlik stantsiyalari (10 va 
11), hamda neftni qayta ishlash zavodining xom ashyo rezervuarlar saroyi (12) ga 
keltirilgan. 
Hozirgi paytda dunyo bo`yicha 50 taga yaqin issiq magistral quvurlar mavjud 
bo`lib, ular orqali isitilgan neftlar haydalgan. Shulardan biri eng katta (uzunligi va 
diametri bo`yicha) issiq quvur “Uzen – Quybishev” quvuridir. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling