209
ifodalanadi. Fizik xossalaridan suvning solishtirma og’irligi, zichligi,
harorati,
tiniqligi, rangi, mazasi, xidi aniqlanadi. Suvning biologik xossalari bakteriologik
usullar bilan ifodalanadi. Suvning texnik xossalaridan suvdagi ionlarning
koagulyatsiyasi, zangsizlanish qobilyati, suvning siziluvchanligi, yemiruvchanligi
va yumshatuvchanligi o’rganiladi.
ANOMALIYALI QOVUSHQOQ NEFT - o’zining oqishi bo’yicha
Nonyutonning qovushqoqlik ishqalanish qonuniga bo’ysinmaydigan neft.
AREOMETR - suyuqlik zichligini o’lchaydigan asbob. Areometr doimiy
og’irlikli va doimiy hajmli bo’ladi. Doimiy og’irlikli areometr bilan o’lchashda
zichlik areometrning suyuqlikda botish darajasiga qarab aniqlanadi. Doimiy
og’irlikli areometr bilan zichlikni o’lchashda
uni suyuqlik halqasimon
tamg’asigacha botiriladi shunda suyuqlik zichligi palladan olingan yoki unda
qo’yilgan toshlar bilan aniqlanadi. Areometr uvalanuvchan jinslarni granulometrik
tahlil qilishda ham keng qo’llaniladi.
BOSIM - biror jism sirtiga tik yo’nalishda ta’sir qiladigan kuchlar
shiddatligini ifodalovchi miqdor. Jism sirtiga tik ta’sir
qiladigan kuchlar bosim
kuchlari hisoblanadi. Masalan, suyuqlik yoki gazning quduq devoriga ta’siri.
BITUM - uglevodorod birikmalarining oksidlanmagan qismlardan iborat
bo’lib, qora, timqora rangli,
yengil uchuvchan, yonuvchan. Masalan, neft,
asfaltlar, tog’ bitumi va shu kabilarning umumiy nomi.
Do'stlaringiz bilan baham: