N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

NEFT VA GAZ ARALASHMALARI -  ko‘p komponentli uglevodorodlar 
sistemasi; u asosan parafinli, naftenli, aromatik uglevodorodlardan va shuningdek 
azod oksidi, vodorod sulfidi, oltingugurt, kislorod, simob va suv parlaridan iborat. 
NEFT IDISHI - neftni yig‘ish va turboprovodlar orqali taqsimlash uchun 
xizmat qiladigan katta idish. 
NEFT NASOSI - neftni kondan quduqlar orqali chiqarib berishga 
mo‘ljallangan nasos. Bu nasos boshqa nasoslardan elementlarining ancha uzunligi 
bilan farq qiladi. Eng ko‘p tarqalganlari tebranma dastgohlar bilan 
harakatlantiriladigan 
shtangali 
nasoslar 
va 
elektr 
yuritmalar 
bilan 
harakatlantiriladigan ko‘p bosqichli markazdan qochma nasoslardir. Bu 
nasoslarning barchasi chuqurlikda ishlaydi. 
NEFT OMBOR - neftni saqlashga mo‘ljallangan yer tagi ombori. 
METAN - NAFTENLI NEFTLAR - neftning distillat qismi tarkibida 
yaqin miqdordagi metanli va naftenli uglevodorodlarning bo‘lishi. Bu neftda 
aromatik uglevodorodlarning miqdori deyarli oz bo‘ladi. Bu neft tarkibida metanli 
neftga nisbatan qattiq parafinning oz miqdorda bo‘lishi xarakterlidir. 


218 
METANLI NEFTLAR - neftning distillat qismi tarkibida metanli 
uglevodorodlarning ko‘proq bo‘lishi. Metanli neft tarkibiga metan uglevodorodlari 
50% dan ortiqroq bo‘lgan neftlar kiradi. Metanli neftlar tarkibida asfalt-
smolasimon moddalarning oz miqdorda bo‘lishi bilan xarakterlanadi. 
METAN-NAFTENLI AROMATIK NEFTLAR - neft fraktsiyalarida 
metanli, naftenli va aromatik uglevodorodlarning bo‘lishi. Bu neft asfalt-
smolasimon moddalar bilan boyitilganli (10% va undan ko‘proq) gi va deyarli 
yuqori solishtirma og‘irligi bilan harakterlanadi. 
NAFTEN - AROMATIK NEFTLAR - neftning distillat qismi tarkibida 
naftenli va aromatik uglevodorod miqdorining ko‘proq bo‘lishi. Bunda aromatik 
uglevodorodlar miqdori yuqori fraktsiyalarga qarab o‘sib boradi. Qattiq 
parafinning miqdori kam, asfalt-smolasimon moddalar esa 20% va undan ko‘proq 
bo‘lishi mumkin. 
NEFT - yonuvchi moysimon suyuqlik. Qora yoki qo‘ng‘ir, ba’zan och malla 
rang yoki rangsiz, o‘ziga xos hidli kimyoviy xom ashyo. Neft yer yuzasiga 
chiqqach, quyilib qotadi va asfaltga aylanadi. Neftning zichligi 0,73 dan 1,04 
gacha o‘zgarib turadi, qaynash harorati +20-100
o
C va undan yuqori; qotish 
harorati (+23
o
)-(-60
o
C); issiqlik sig‘imi 1,7-2,1 KDJ (kg.j); 50
o
C haroratda 
neftning yopishqoqligi 0,002-0,55 sm
2
/s ga teng. U organik eritgichlarda yaxshi 
eriydi. Suvda umuman erimaydi. Lekin suv bilan emulsiya (bir-biriga 
singmaydigan ikki xil suyuqlik qorishmasi)hosil qiladi. Neft tarkibiga kiradigan 
asosiy kimyoviy elementlardan uglerod (82-87%) va vodorod (11-14%) ga ega. 
Neftning fizik xossasi uning tarkibiga bog‘liq. Solishtirma og‘irligi 0,65-g/sm
3
dan 
0,9 g/sm
3
gcha bo‘lgan neft yengil, undan yuqorisi og‘ir neft hisoblanadi. Neftning 
tarkibida uglevodorod 87% gacha, vodorod 10-15% gacha, kislorod 0,05-0,5 dan 
5%gacha, juda oz miqdorda vanadiy, fosfor, kaliy, nikel, temir uchraydi. Neft 
yonilg‘i, moylash materiallari hamda sintetik tola, plastmassa, sun’iy kauchik, 
spirt, kislota va boshqa neft-kimyoviy mahsulotlar chiqarishda keng foydalinadi. 


219 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling