OKSIDLANGAN
NEFTLAR
-
bug‘lanish,
oksidlanish,
polimerizatsiyalanish, aerob va anaerob sharoitdagi bakteriyalar ta’sirida gipergen
o‘zgargan neftlar.
OPERATOR - murakkab dastgohlarni boshqaruvchi ixtisosli ishchi.
ZICHLIK - tog’ jinslari, moddalar, minerallar zichligi, ya’ni fizik xossalari
bo’lib, massini hajmiga bo’lgan nisbatini ifodalaydi; g/sm
3
da belgilanadi.
SUVNING ZICHLIGI - suvning hajm birliklaridagi massasi. Masalan, 1
m
3
(t=4
o
Cda) suv bir tonnaga teng zichlik og’irlik o’lchoviga ega bo’lganligi bilan
solishtirma og’irlikdan farq qiladi. Solishtirma og’irlik umumiy kattalik
hisoblanadi.
NEFT ZICHLIGI - +20
o
C da aniqlanadi va u 0,730-1, 06 g/sm
3
teng.
NEFTNI ISITISH - neftning yopishqoqligini pasaytirish va reologik
hossalarini oshirish maqsadida neftni isitish jarayoni.
KORROZIYAGA QARSHI QATLAMLAR - buyumlarni tashqi
muhitning korrozion ta’siridan saqlash, ko’rkamlashtirish uchun ularning sirtiga
qoplanadigan yupqa qatlam. Uning metalli (ruxlash, kadmiylash, nikellash,
xromlash, qalaylash, qo’rg’oshinlash, tilla suvi yugurtirish); lak-bo’yoqli; shisha
emalli, oksid pardali (qoraytirish, anodli ishlov berish), rezina bilan qoplash,
plastmassa va bitum bilan moylash xillari mavjud.
DINA-STARK ASBOBI - neft yoki tog’ jinsi namunasidagi suvning
miqdorini o’lchashga mo’ljallangan asbob.
PUAZ - dinamik qovushqoqlikning o’lchov birligi; o’zaro 1 sm/sek nisbiy
tezlik bilan harakatlanayotgan, bir-biridan 1 sm masofada joylashgan 1 sm
2
yuzaga
ega bo’lgan ikki suyuqlik qatlamiga 1 dina kuch bilan ta’sir qilayotgan
suyuqlikning qovushqoqlik birligi.
REAGENTLAR - eritmalarning struktura-mexanik xossalarini tartibga
solib turuvchi moddalar.
221
Do'stlaringiz bilan baham: |