NEFT TO’PLASH JOYI - neft qudug‘i mahsulotlarini qayta ishlashga va
yig‘ishga mo‘ljallangan. U neft va gazlarni transport vositasi bilan tashishga,
neftni saqlashga, qatlam suvlarini tozalashga xizmat qiladi.
NEFTNI TUZSIZLANTIRISH - neft qudug‘i mahsulotlaridan xlorli
tuzlarni chetlashtirish jarayoni.
PAST HARORATLI REZERVUAR, IDISH - atrof muhit haroratidan (-
4
0
C) past holatda, suyultirilgan uglevodorod va tabiiy gazlarni saqlash uchun
mo‘ljallangan idish - rezervuar.
TINDIRGICH - suyuqliklarni mexanik aralashmalardan tozalash uchun
mo‘ljallangan hovuz yoki rezervuar (idish). Tindirgichda suyuqlik oqimining
tezligi kamaytiriladi yoki butunlay to‘xtatib qo‘yiladi. Natijada suyuqlikdagi
aralashmalar o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida idish tagiga cho‘kadi yoki suyuqlik sirtiga
qalqib chiqadi. Idish tubida to‘plangan har xil zarrachalar cho‘kma hosil qiladi.
Cho‘kma va qalqib chiqqan qatlamning to‘planishi sedimentatsiya (cho‘kish)
qonuniyati asosida aniqlanadi. Tindirgich suvni tozalash uchun ham qo‘llaniladi.
Suzgich bilan ta’minlangan burg‘ quduqlarida suzgich tagiga o‘rnatiladigan, burg‘
qudug‘idan suv chiqarishda suv bilan chiqib ketadigan tog‘ jinsi zarrachalari
cho‘kadigan tagi berk quvur ham tinitgich deb yuritiladi.
SUVNI TOZALASH - suv sifatini sanitariya talabiga yaroqli darajada
tozalash.
Tozalash
tindirish,
filtilash,
yumshatish,
zararsizlantirish,
chuchuklashtirish, tuzsizlantirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
GAZNI TOZALASH - atrof muhitni ifloslantiruvchi zararli moddalardan
va gazdan yonilg’i sifatida foydalanishda ajralib chiqadigan har xil
komponentlardan tozalash jarayoni. Ayrim hollarda gazni tozalash jarayonida har
xil foydali komponentlar ham ajratib olish mumkin.
220
Do'stlaringiz bilan baham: |