Bosimlar farqi o‘zgaruvchan va o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar.
Quvurlardagi suyuqlik, gaz va bug‘ sarfini bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf
o‘lchagichlar bilan o‘lchash keng tarqalgan va yaxshi o‘rganilgan. Sarfni bunday usul
bilan o‘lchash suyuqlik yoki gaz o‘tayotgan quvurda kichik diametrli to‘siq-
diafragma (III.5–rasm, a), soplo (III.5–rasm, b), Venturi soplosi III.5–rasm, c) va
Venturi quvuri (III.5–rasm, d) o‘rnatish natijasida hosil bo‘ladigan modda potensial
energiyasi (statik bosimi) ning o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan. Kichik diametrli
to‘siq vazifasini bajaruvchi toraytirish qurilmasi quvurga o‘rnatilib, mahalliy
torayishni hosil qiladi. Suyuqlik, gaz yoki bug‘ quvurning kesimi toraygan joyidan
o‘tayotganida uning tezligi oshadi. Tezlikning, binobarin, kinetik energiyaning ortishi
oqimning kesimi toraygan joyida potensial energiyaning kamayishiga olib keladi.
Bunda to‘siqdan keyingi statik bosim undan oldingi statik bosimdan kam bo‘ladi.
Shunday qilib, modda toraytirish qurilmasidan o‘tishda bosimlar farqi ∆P=P
1
-P
2
hosil bo‘ladi. Bu bosimlar farqi oqim tezligi va modda sarfiga mutanosib bo‘ladi.
Demak, toraytirish qurilmasi hosil qilgan bosimlar farqi quvurdan o‘tayotgan modda
sarfining o‘lchovi bo‘lishi mumkin. Sarfning son qiymati esa difmanometr o‘lchagan
∆P bosimlar farqi bo‘yicha aniqlanadi.
Suyuqlik, gaz va bug‘larning sarfini o‘lchash, uchun toraytirish qurilmasi
sifatida standart diafragmalar, soplolar, Venturi soplosi va Venturi quvurlari
ishlatiladi.
III.5-rasm, a da ko‘rsatilgan diafragma dumaloq teshikli yupqa diskdan iborat.
Teshikning markazi quvur o‘qida yotishi kerak.
Oqimning torayishi diafragma oldida boshlanadi va undan o‘tgach, ma’lum
masofadan so‘ng, o‘zining eng kichik kesimiga erishadi. Undan keyin oqim tobora
kengayib, quvurning to‘liq kesimiga erishadi. Modda diafragmadan o‘tganda,
diafragma orqasidagi burchaklarda «o‘lik» zona hosil bo‘ladi.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |