N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Ultratovushli, issiqlik va ionli sarf o‘lchagichlar


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

Ultratovushli, issiqlik va ionli sarf o‘lchagichlar. 
Ifloslangan, tez kristallanadigan va agressiv suyuqliklar, shuningdek, tez 
o‘zgaruvchan va pulslanuvchi oqimlar, ayniqsa, elektr o‘tkazmaydigan suyuqliklar 
sarfini o‘lchashda induksion sarf o‘lchagichlarni ishlatib bo‘lmagan hollarda 
ultratovushli qurilmalardan foydalaniladi. Sarf o‘lchashning ultratovushli usuli 
quvurga nisbatan ultratovush tezligining oqim tezligiga bog‘liqligiga asoslangan. 
Tovush to‘lqinining harakatdagi muhitda tarqalishida tovushning manbadan qabul 
qiluvchi qurilmaga yetib borish tezligi faqat tovushning tezligiga emas, balki harakat 
qiluvchi muhitning tezligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Sarf o‘lchashning ultratovushli 
prinsipi shunga asoslangan. Agar tovush to‘lqini oqim yo‘nalishida harakat qilsa, 
ularning tezligi qo‘shiladi, tovush oqimga qarshi yo‘nalsa, tezliklar ayirmasi topiladi. 
Ultratovushning oqim bo‘yicha va unga qarshi yo‘nalishdagi tezligining farqi oqim 
tezligiga, binobarin, oqayotgan suyuqlik sarfiga mutanosib.
Ultratovushli sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi quyidagilarga asoslangan: 
1) ultratovushning oqim bo‘ylab va unga qarshi yo‘nalishdagi vaqt tafovutini 
o‘lchash;
2) ultratovush tebranishlarining oqim bo‘ylab va unga qarshi yo‘nalishdagi 
tebranishlari fazalarining siljishini o‘lchash; 
3) avtotebranishlar sxemasi vujudga keltirgan va shu bilan birga oqim bo‘ylab 
hamda unga qarshi yo‘nalishda hosil qilingan ultratovush tebranishlari chastotasining 
ayirmasini o‘lchash. 
Issiqlik (kalorimetrik) sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi suyuqlik yoki gaz 
oqimining yordamchi energiya manbai yordamida qizdirilishiga asoslangan. Bu 
energiya manbai oqim tezligi va qizdiruvchi qurilmalardagi issiqlik sarfiga bog‘liq 
bo‘lgan haroratlar farqini vujudga keltiradi. Agar oqimning atrof - muhitga bergan 
issiqligini e’tiborga olmasak qizdiruvchi asbob sarflangan va oqimga uzatilgan 
issiqlik o‘rtasidagi issiqlik balansi tenglamasi quyidagicha bo‘ladi: 


43 
g
t
=K·Q
m
·C
p
·∆t 
 
 
 
 
(III.1) 
bu yerda: g
t
- qizdirgichning suyuqlik yoki gazga bergan issiqlik miqdori, Vt;
K - quvur kesimi bo‘yicha haroratning notekis tarqalishiga tuzatish koeffitsiyenti;
Q
m
- muhitning massa sarfi, kg/s; C
p
- muhitning o‘zgarmas bosimdagi solishtirma 
issiqlik sig‘imi, J/(kg k); ∆t-oqim haroratining qizdirishdan avvalgi va keyingi 
o‘rtacha qiymatining farqi, K. 
Kalorimetrik sarf o‘lchagichlar ikki guruxga bo‘linadi. Ulardan birinchisida 
sarf qizdirgich iste’mol qilgan quvvat miqdoridan aniqlanadi. Bu quvvat o‘zgarmas 
haroratlar farqi ∆t ni ta’minlaydi. Ikkinchi guruxdagi kalorimetrik sarf o‘lchagichlar 
sarf qizitgichga berilgan o‘zgarmas quvvatdagi ∆t haroratlar farqidan aniqlanadi. 
Haroratlar farqi, odatda, termojuftlar yoki qarshilik termometrlari orqali o‘lchanadi. 
Qarshilik termometrlarini bir me’yorli oqim kesimini qoplaydigan to‘r shaklida 
tayyorlab, kesim bo‘yicha o‘rtacha haroratni o‘lchash mumkin. O‘lchanayotgan 
muhit odatda, 1...3
o
C ga qizdiriladi, shuning uchun, sarf o‘lchangan paytdagi iste’mol 
qilingan quvvat katta bo‘lmaydi. Modda sarfini o‘lchashda, ko‘pincha, ikkinchi gurux 
sarf o‘lchagichlari ishlatiladi. 
Ikkinchi gurux sarf o‘lchagichning prinsipial sxemasi tasvirlangan. Sarf 
o‘lchagichga ketma-ket ulangan ikkita qarshilik termometrlari o‘rnatilgan. 
Termometrlarning ketma-ket ulanishi ulardagi tokning tengligini ta’minlaydi. 
Bu hol termometrlarni qizitgichdan avvalgi va undan keyingi haroratlar farqi 
bo‘yicha darajalashga imkon beradi. Qarshilik termometrlarining ikki tirsagi R
1
va R
2
doimiy qarshilikdan iborat bo‘lgan ko‘prik tirsaklariga ulanadi. 
Kalorimetrik sarf o‘lchagichlarning afzalliklari – yuqori aniqlik sinfiga ega 
(xatoligi ±0,5...1%); o‘lchash diapazoni katta (10:1); pulslanuvchi va kichik sarflarni 
o‘lchash imkoni bor. Bu asboblarning kamchiligi – berilgan haroratlar farqi va 
oqimni isitish uchun elektr quvvatinng doimiyligini avtomatik ravishda saqlash 
murakkab. Kalorimetrik sarf o‘lchagichlar asosan gazlar sarfini o‘lchash uchun 
ishlatiladi. 


44 
Gazlar sarfini o‘lchash uchun ionli o‘lchash usulidan foydalanish mumkin. Bu 
usul quvurdan o‘tayotgan gazlarning radioaktiv nurlanish manbalari yordamida 
davriy ionlanishiga asoslangan. Gazning ionlashgan qismi ma’lum vaqt o‘tgach (bu 
vaqt gaz tezligiga bog‘liq) nurlanish qabul qilgichiga boradi va bu yerda, tok impulsi 
hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng impuls kuchlanadi va bir qator o‘zgartirishlardan so‘ng 
sarf birligiga keltiriladi. Shu bilan birga harakatdagi oqimga vaqti-vaqti bilan izotopli 
radioaktiv nishonlar kiritiladi. Bu nishonlardan chiqadigan impulslar qabul qiluvchi 
qurilma orqali tutiladi va qator o‘zgartuvchi elementlar yordamida o‘lchash asbobiga 
uzatiladi. 
Ionli asboblar ishda g‘oyat qulay va ishonchli, ammo ularni ishlatish, 
qo‘zg‘atish va ta’mirlash uchun maxsus xizmat xonasi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar 
talab qilinadi, radioaktiv nurlanishdan tegishli himoya kerak bo‘ladi. Shuning uchun, 
amalda sarfni o‘lchash uchun neytral nurlanish, masalan ultratovush nurlanish 
ma’qulroq. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling