N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

Bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar. 
Bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar– rotametrlar laboratoriyalarda va 
sanoatda keng ishlatilib, toza hamda biroz ifloslangan bir jinsli suyuqlik va 
gazlarning sarfini o‘lchashga mo‘ljallangan. 
 
 
 
III.6–rasm. Ko‘rsatishlarni masofaga elektr-
differensial transformator yordamida 
uzatadigan rotametr sxemasi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
III.7–rasm. Shisha naychali rotametr
Asbobning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan muhit oqimining pastdan yuqoriga 
o‘tishida konussimon naycha ichiga joylashgan qalquvchining vertikal (tik) siljish 
holatiga asoslangan. 


38 
Laboratoriya va sanoatda shisha (sarfni joyida o‘lchaydigan) va metalldan 
yasalgan rotametrlar chiqariladi. 
Konussimon naychali shisha rotatametrlar suv bo‘yicha 3000 l/soat va havo 
bo‘yicha 40 m
3
/soat o‘lchov chegarasiga; 0,6 mPa (6 kgk/sm
2
) gacha ishchi bosimga 
mo‘ljallangan. 
III.6-rasmda ko‘rsatishlarni masofaga elektr differensial-transformator orqali 
uzatadigan rotametr sxemasi keltirilgan. Rotametrning o‘lchash qismi diafragma 2 va 
silindrik metall korpus 1 dan iborat. 
Diafragma 2 teshigida shtok 4 ga bikr qilib o‘rnatilgan konussimon qalquvchi 3 
harakat qiladi. Shtokning ustki qismida differensial transformatorli o‘zgartgichning 
o‘zagi 5 o‘rnatilgan. O‘zak naycha 6 ichida joylashgan, naycha tashqarisida esa 
o‘zgartgichning g‘altagi 7 bor. 
Shkalasiz rotametlar ko‘rsatuvchi yoki qayd qiluvchi ikkilamchi differensial-
transformatorli asbob tarkibida ishlatiladi. Rotametrlar ortiqcha ish bosimi ta’siridagi 
muhit sarfini o‘lchash uchun (6,27 MPa) chiqariladi. Bu asboblar kattaroq ortiqcha 
bosimlarga ham mo‘ljallab chiqariladi. Bundan tashqari, o‘zgarmas 0...5 mA tokli 
chiqish signali bilan ishlaydigan rotametrlar ham mavjud. Ularning suv bo‘yicha 
o‘lchash chegarasi 16000 l/soat
Portlash va yong‘in xavfi bor joylarda ko‘rsatishlarni masofaga pnevmatik 
uzatadigan rotametrlar ishlatiladi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling