51
bu yerda
, Q – vaqt oralig‘ida sarflanadigan modda miqdori
; g – vaqt
birligi
ichidagi modda yoki energiya sarfi.
Hajm hisoblagichlari modda miqdorini hajm bo‘yicha, tezlik hisoblagichlari
esa oqim tezligi bo‘yicha o‘lchaydi. Ikkala hisoblagich ham moddaning asbob ishlab
turgan vaqtda undan o‘tgan umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Ma’lum vaqt oralig‘idagi
modda miqdorini aniqlash uchun olingan vaqt
oralig‘ining boshlanishi
va oxiridagi hisoblagich
ko‘rsatishini
belgilash
kerak.
Hisoblagich
ko‘rsatishlarining farqi shu vaqt oralig‘i ichida
asbobdan o‘tgan modda miqdoriga teng bo‘ladi.
Hajm hisoblagichlarining ishlash prinsipi
suyuqlik yoki gaz oqimi muayyan miqdorga – porsiya
(doza) larga bo‘linib sarflanishi va bu porsiyalar
sonini hisoblash yo‘li bilan sarflanayotgan modda miqdorini aniqlashga asoslanadi.
Sarflanayotgan porsiyalar soni yig‘indisi hisoblash
mexanizmi yordamida
aniqlanadi. Hajm hisoblagichlari asosan toza, mexanik aralashmalarsiz bo‘lgan
suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchashga mo‘ljallangan. Ularning asosiy afzalliklari
o‘lchash xatoligining kichikligi va o‘lchash chegarasining kattaligidir.
Tuzilishiga ko‘ra hajm hisoblagichlari
ovalsimon shesternyali, rotatsion,
porshenli, diafragmali, barabanli va boshqa xil turlarga bo‘linadi.
Suyuq moddalar miqdorini o‘lchash uchun ovalsimon shesternyali va porshenli
hisoblagichlar keng qo‘llaniladi.
Gazsimon moddalar miqdorini o‘lchash uchun diafragmali,
rotatsion va
barabanli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. III.13-rasmda GKF turidagi diafragmali
hisoblagich sxemasi ko‘rsatilgan.
Diafragma
1 bilan bo‘lingan hisoblagichning ikki kamerasi (
I va
II) ma’lum
sikl bo‘yicha gazga to‘lib va bo‘shab turadi. Bu kameralar richag
6 orqali klapanlar
3-4 bilan bog‘langan bo‘lib, yuqorigi klapanlar berkilganda gaz
I kameraga, pastki
klapanlar bekilganda
II kameraga o‘tadi.
1
4
5
6
3
2
I II
2
5
7
Do'stlaringiz bilan baham: