N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


III.5. Moddalar sarfini o‘lchashning zamonaviy


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

III.5. Moddalar sarfini o‘lchashning zamonaviy
usullari va vositalari 
Tuzilmaviy shakllari va harakat rejimlarining xilma–xilligi bilan farqlanuvchi, 
murakkab va tarkibi bo‘yicha o‘zgaruvchi gazli, suyuq (suv, neft, kondensat) va 
qattiq (qum va boshqa mexanik qorishmalar) fazalar aralashmasidan iborat 
moddaning sarflanishi o‘lchanayotganda bunday oqim sarfini oldindan separatsiyasiz 
o‘lchash murakkab ilmiy–texnik muammo hisoblanadi. Hatto separatsion vositalari 
ham kam samarali bo‘lgan hollarda ham yuqori gaz omiliga ega yuqori tezlikli 
oqimlarni o‘lchashda alohida qiyinchiliklar vujudga keladi. 
III.10-rasm. Oqim o’lchash o’zgartkichi 


45 
Sarflarni o‘lchash (rasxodametriya) sohasida o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqotlar 
mazkur muammoni hal etish yo‘lini taklif etishga imkon beradi. O‘lchashning ishlab 
chiqilgan va patent olingan yangi spektrometrik uslubi asos bo‘lib xizmat qildi. U 
yuqori gazli omilli yuqori tezlikli oqimlar sharoitida samaralidir. Bu uslub mahsulotni 
yig‘ishning o‘tkazish quvuri tizimida fluktuatsion jarayonning (bosim fluktuatsiyasi) 
spektral fazalarning oqimda sarflanishi to‘g‘risidagi axborot manbai sifatida 
foydalanishga asoslanadi. 
Spektrometrik uslubning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, bunda fazalar sarfini 
ko‘p fazali oqimda fluktuatsion jarayonning quvvati spektrining chastotaviy 
komponentlari bo‘yicha hisoblashdir. Bosim fluktuatsiyasini hisoblash maxsus 
oqimni o‘lchash o‘zgartkichi bilan amalga oshiriladi (III.10– rasm). 
O‘lchash o‘zgartkichining asosiy elementlari maxsus 1 konstruksiyali 
toraytiruvchi qurilma ko‘rinishidagi oqim shakllantirgich va bosim fluktuatsiyasi 
datchigi hisoblanadi. Toraytiruvchi qurilma quyidagilarga imkon beradi: 
 qurilmaning chiqishida fazalar sarfi o‘zgarishlarining keng oraliqlarida 
ma’lum muntazam tuzilma oqimini shakllantirish
 gidrodinamik tizimda quvvatning chastotaviy spektrining berilgan axborot 
xossalariga ega fluktuasiya jarayonini uyg‘otish. 
Fluktuatsiya jarayonini qayd etish pezokeramik sezgir elementli datchik orqali 
amalga oshiriladi. Ishlangan o‘lchash o‘zgartkichidan foydalanilganda datchikning 
chiquvchi elektr signali o‘ziga xos chastotaviy spektrga ega bo‘lib, unda turli fazalar 
sarfining ta’sir sohalari ajratilishi mumkin. 
Axborot o‘lchash tizimining umumlashtirilgan sxemasi. Spektrometrik uslubni 
amalga oshiruvchi axborot–o‘lchash tizimi (AO‘T) ning umumiy tuzilmasi sxemasi 
III.11–rasmda keltirilgan. Unga o‘lchash moduli (O‘M), harorat datchigi (HD), bosim 
datchigi (BD), aloqa liniyasi (AL) va axborot–o‘lchash qurilmasi (AO‘Q) kiradi.


46 
 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling