N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


III.12–rasm. Datchiklar ulangan UVR–011 ultratovush vaqt impulsli


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

III.12–rasm. Datchiklar ulangan UVR–011 ultratovush vaqt impulsli
sarf o‘lchagichning tuzilishi sxemasi. 
 


48 
Sarf o‘lchagich o‘tkazish quvurining tashqi tomonidan montaj qilinadigan 
ikkita elektroakustik o‘zgartkichni va mikroprosessor negizida ishlab tayyorlangan 
elektron blokni o‘z ichiga oladi. 
MikroEHM amalga oshiradigan o‘lchashlar sikli ultratovush impulsi nurlanish 
yo‘nalishlaridan birini (masalan, oqim bo‘yicha) tanlashdan boshlanadi, bunga qabul 
– uzatish kommutatorini tegishli holatga o‘rnatish yo‘li bilan erishiladi. Bunda EP
2
signalni uzatadi, EP
1
esa uni qabul qilib oladi. 
Qabul qilingan signal kommutator orqali foydali signalni ajratish sxemasiga 
keladi, u yerda kuchaytiriladi va boshqa tovushlardan filtrlanadi. Shu yerning o‘zida 
signalning mavjudligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, bu ultratovushli 
tebranishlar yo‘qolib qolganda xato o‘lchashlarning kelib chiqishining oldini oladi, 
masalan o‘tkazish quvurini bo‘shatishda. Signalning tarqalish vaqtini aniqlash vaqt 
oraliqlarini o‘lchash blokida amalga oshirilib, uning chiqishida t
T
baho mikro EHM 
ga kelib tushadi. So‘ngra mikroEHM buyrug‘iga ko‘ra nurlanish yo‘nalishi qarama–
qarshisiga o‘zgaradi va t
T
signalning tarqalish vaqtining tavsiflangan o‘lchash tartibi 
endi oqimga qarshi takrorlanadi. Shu bilan o‘lchash sikli tugallanadi, mikroEHM esa 
ifodaga muvofiq suyuqlik sarfining joriy qiymatini hisoblaydi. 
V
ПD
S
Q
G
2
900

m
3
/soat 
(III.5) 
bu yerda S
G
– tezliklarning profiliga bog‘liq bo‘lgan gidrodinamik koeffitsiyentiga 
teskari proporsional bo‘lgan xatolik. 
Datchiklar ulangan UDI–011 ultratovushli Dopler sarf o‘lchagichi. Asbob 
o‘tkazish quvurining tashqi tomonida joylashgan ikkita EP (III.12–rasm) ni va kvars 
generatori, quvvat kuchaytirgichi, kvadratur qabul qilgich (priyomnik), fazoviy 
detektor (FD), qabul qilingan signal spektrining og‘irlik markazini baholash sxemasi 
bilan hosil qilingan elektron blokni, shuningdek, mikroprotsessor negizida ishlangan 
mikroEHM ni o‘z ichiga oladi. 
Mazkur asbobda qabul qilingan signalning kvadratur demodulyatsiyasi prinsipi 
amalga oshirilgan bo‘lib, u suyuqlik harakatining yo‘nalishini aniqlashga imkon 
beradi. 


49 
Quvvat kuchaytirgichining chiqishidan kelayotgan, w
0
chastotali uzluksiz 
tebranishlar bilan uyg‘otiladigan EP
1
truboprovod o‘qiga burchak ostida nazorat 
qilinayotgan muhitga nurlanuvchi ultratovushli to‘lqinni vujudga keltiradi. Qabul 
qilingan tebranishlar qabul qilgich (priyomnik) ka uzatiladi.
UVI–011 va UDI–011 sarf o‘lchagichlarning asosiy xarkteristikalari (tavsiflari) 
III.1–jadvalda keltirilgan. Ikkala asbob qo‘llanishga ruxsat etilgan o‘lchash texnikasi 
vositalarining Davlat riestriga kiritilgan. Asboblarni ishlatishning davomiyligi 
yig‘indisi hozirgi vaqtga kelib 4000 sutkadan ortiqni tashkil etadi. 
Uning chiqishida dopler chastotali kvadratur signal ajralib chiqib, u bir 
tomondan FD ga keladi, ikkinchi tomondan spektrning og‘irlik markazini baholash 
sxemasining kirishiga keladi. Δ wst ning son qiymati mikroEHM ga kelib tushadi, u 
yerda (III.4) va (III.5) munosabatlarga muvofiq sarf Q ning qiymatini hisoblash 
amalga oshiriladi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling