N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


III.14 – rasm. Bir sharrali (f) va


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

III.14 – rasm. Bir sharrali (f) va 
ko‘p sharrali (b) hisoblagichlar. 


53 
III- bob bo’yicha xulosa 
Bu bo’limda quduq mahsulotini o‘lchash, quduq mahsulotini o‘lchashning 
an’anaviy usullari, neft tarkibidagi suv miqdorini o‘lchash, quduq mahsulotini 
o‘lchashning zamonaviy usullari modda sarfi va miqdorini o‘lchash, bosimlar farqi 
o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar, elektromagnit sarf o‘lchagichlar, ultratovushli,
issiqlik va ionli sarf o‘lchagichlar ultratovushli, moddalar sarfini o‘lchashning 
zamonaviy usullari va vositalari, suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchash haqidagi 
ma’lumotlar keltirilgan. 


54 
IV-bob. Neft va gaz quvurlari o‘tkazuvchanlik qobiliyatini pasayishi 
sabablari va qarshi kurashish usullari 
IV.1. Konlarda qo‘llaniladigan quvur uzatkichlar tasnifi 
Har qanday neft va gaz konida quduqlardan chiqqan mahsulotni tayyorlash 
qurilmalarigacha yetkazish uchun har xil turdagi quvurlar ishlatiladi. Bu quvurlar 
o‘zidan o‘tkazayotgan mahsuloti, bosimi, vazifasi, gidravlik sxemasi, qurilishi kabi 
omillarga qarab turli tuman bo‘ladi. 
Neft va gaz konlarida qo‘llaniladigan quvur uzatkichlarning quyidagi umumiy 
tasnifi mavjud: 
A) o‘tkazayotgan mahsuloti bo‘yicha: neft quvurlari, gaz quvurlari, neft-gaz 
quvurlari, kondensat quvurlari, suv quvurlari, reagent quvurlari. 
B) bajaradigan vazifasiga qarab: yo‘naltiruvchi quvurlar, yig‘uvchi quvurlar. 
Yo‘naltiruvchi quvurlar quduqdan birinchi gurux o‘lchagich qurilmalarigacha 
bo‘lgan masofada ishlatiladi. Birinchi gurux o‘lchagich qurilmalaridan neftni yig‘ish 
va tayyorlash qurilmalarigacha bo‘lgan masofada yig‘uvchi quvurlar ishlatiladi. 
V) ishchi bosimiga qarab: 
- kuchli bosimli quvurlar, bosimi 6 MPa dan yuqori; 
- yuqori bosimli quvurlar, bosimi 2,5 – 6,0 MPa; 
- o‘rta bosimli quvurlar, bosimi 1,6 – 2,5 MPa; 
- past bosimli quvurlar, bosimi 1,6 MPa dan past. 
Odatda o‘rta, yuqori va kuchli bosimli quvurlar tazyiqli, past bosimli quvurlar 
tazyiqsiz quvurlar deb ataladi. Tazyiqli quvurlarda mahsulot quvurni to‘liq to‘ldirib 
oqadi, tazyiqsiz quvurlarda quvur ishi to‘liq bo‘lmagan holda oqishi mumkin. 
G) gidravlik tarxi bo‘yicha: oddiy quvurlar, murakkab quvurlar. 
Oddiy quvurlar bir xil diametrga ega bo‘lib, unga boshqa quvurlar ulanmagan 
bo‘ladi. Murakkab quvurlarning diametri har xil bo‘lishi hamda quvurlarga boshqa 
quvurlar ulangan bo‘lishi mumkin. 
D) qurilishi bo‘yicha: yer osti quvurlari, yer usti quvurlari, havodan o‘tkazilgan 
quvurlar, suv osti quvurlari. 


55 
Bu tasnif konlarda ishlatiladigan neft va gaz yig‘ish, tayyorlash tizimidagi 
quvurlarga taalluqli bo‘lib, uzoqqa uzatuvchi quvurlarga tegishli emas.

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling