N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

 
Nazorat savollari 
1. Quvurning o`tkazuvchanlik qobiliyati qanday hisoblab topiladi?
2. Reynolds sonini qanday aniqlanadi. 
3. Leybenzon formulasi qanday aniqlanadi. 
4. O`zgarmas koeffitsient nima. 
5. Murakkab gaz quvurlarini? 
 
V- bob bo’yicha xulosa 
Bu bo’limda quvur uzatgichlarning texnologik hisoblari, quvurlarni texnologik 
hisobi bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar, neft quvurlarining gidravlik hisobi
Reynolds sonini va Leybenzon formulasini aniqlash, murakkab neft quvurlari tizimi 
gidravlik hisobi, gaz quvurlarining texnologik hisobi, gaz quvurining gidravlik 
hisobi, gaz quvurining optimal diametrini tanlash, murakkab gaz quvurlarini 
hisoblash haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 


72 
VI-bob. Korroziya va quvurlar korroziyasiga qarshi kurashish usullari 
VI.1. Metallar korroziyasi jarayoni mexanizmi 
Respublikamiz mustaqilligidan keyin sanoat tarmoqlarining keng miqyosda 
rivojlanishi natijasida ishlab chiqarishda zamonaviy texnologik usullar, jixozlar va 
uskunalardan keng foydalanilmoqda. 
Jixoz va uskunalardan foydalanish davomida ularning ish qobiliyatini saqlash, 
ishonchli ishlashini ta’minlash uchun ularni korroziyadan himoya qilish dolzarb 
vazifalardan biridir. Ayniqsa atmosferaning har xil korrozion-faol moddalar bilan 
umumiy ifloslanishi, hamda neft va gaz mahsulotlarini qazib olish, saqlash va 
transport qilishda ishlov beriladigan mahsulotlarning o‘ziga xos xususiyatlari shu 
sohada qo‘llaniladigan jixozlarning korroziya bardoshliligini oshirishni talab qiladi. 
Korroziya - metallarning korrozion muhitlar bilan kimyoviy yoki 
elektrokimyoviy o‘zaro ta’siri natijasida yemirilish jarayonidir. 
Korrozion muhit - metallarning korrozion jarayonlar sodir bo‘lishiga olib 
keladigan agressiv atmosfera, kislotali eritmalari, ishqorlar, tuzlar va boshqa 
muhitlardir. Ko‘pgina metallar agressiv muhitlar ta’sirida termodinamik noturg‘un 
bo‘lganligi uchun oksidlangan holatga o‘tadi va yemiriladi. Metallarda korrozion 
jarayonlar kechishi natijasida massalari kamayadi, zaruriy texnologik xossalari, 
mexanik mustahkamligi; plastikligi; qattiqligi kabi xossalari o‘zgaradi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling